Lingvokulturemalar


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 0.92 Mb.
bet2/30
Sana28.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1302854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Qurbonov Mirjalol. tayyorladi. O’zbek tilida “lingvoku

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati............................................................65


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo‘nalishlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko‘rmoqdalar. Bundan maqsad – nutq yaratuvchi va uni idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o‘rin tutishini aniqlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan lingvokulturologiya masalalari ko‘pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, biroq to‘laqonli o‘z yechimini topgan emas. Mazkur bitiruv malaka ishimiz ayni mana shu masala – tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiyaga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. Bu esa biz tanlagan mavzuning hozirgi kun tilshunoslik ilmida o‘ta dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. BMI mavzusi o‘zbek tilshunoslik ilmiga xos bo‘lgan qator yangi sohalardan biri bo‘lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, matnni o‘rganishdagi antropotsentrik yondashuv, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, lingvoo‘lkashunoslik, etnolingvistika sohalariga oid masalalarni tahlil qilish yo‘nalishidagi tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog‘liq. Ish Bobur nomidagi ADU ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari doirasida bajarildi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Til va madaniyatning bog‘liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan bog‘liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlari xizmat qiladi.
O‘zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ishlar sifatida A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish”, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning “Matnning atropotsentrik tadqiqi” mavzusidagi monografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvokulturologiya fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan.
Mazkur BMIda biz yuqorida qayd etilgan ishlarga tayangan holda o‘zbek tilida lingvokulturemalar va ularni lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq qilishga e'tibor qaratdik.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling