Lingvokulturemalar


BMIning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.92 Mb.
bet3/30
Sana28.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1302854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Qurbonov Mirjalol. tayyorladi. O’zbek tilida “lingvoku

BMIning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Ushbu mavzu bugungi o‘zbek tilshunosligining ustuvor yo‘nalishi sanalgan va Andijon davlat universiteti olimlari tomonidan o‘rganilayotgan “O‘zbek tilini sistem tarzda o‘rganish” muammosi tarkibiga kiradi. Tadqiqot Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Filologiya fakultetining Tilshunoslik kafedrasida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
BMIning maqsad va vazifalari. Tadqiqot ishida lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishi va ilmiy asoslanishi, til va madaniyatnning o‘zaro ta'siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqari (madaniyat)da aks etishi bilan bog‘liq hodisalar hamda lingvokulturemalarni belgilash va o‘rganish mazkur ishning maqsadini tashkil qiladi. Tadqiqot muammosi va tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra quyidagilar vazifa sifatida belgilandi:

  1. lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi va ilmiy asoslanishini belgilash;

  2. hozirgi kunda lingvokulturologiyada yuzaga kelgan turli yo‘nalishlarni ko‘rsatish va ularning o‘rganish muammolarini belgilash;


  1. lingvokulturologiyaning asosi ekanligini nazarda tutgan holda lingvoo‘lkashunoslik predmeti sanalgan noekvivlaent leksika va lakunlarni tahlil qilish;

  2. tilning stilistik jamlanmasi lingvokulturologiyaning predmeti sifatida tahlilga tortish;

  3. til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlarni lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish;

  4. tilning paremiologik fondi, til etalonlari, stereotip va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllarini tahlil qilish va boshqalar.

BMIning predmeti va obyekti. Tadqiqotning obyekti xalq madaniyatning tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalar hamda millat madaniyatning tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash va tadqiq etishdan iboratdir. Xalq madaniyatning tilda yorqin ifodasini o‘zida namoyon etuvchi noekvivlaent leksika va lakunlar, tilning stilistik jamlanmasi, til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari mazkur BMIning tadqiqot predmeti sifatida belgilanadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling