Lingvokulturemalar
Kutilayotgan ilmiy yangiliklar
Download 0.92 Mb.
|
Qurbonov Mirjalol. tayyorladi. O’zbek tilida “lingvoku
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar.
- BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Ishning tuzilishi va hajmi.
Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. BMIda birinchi lingvokulturologiyaning o‘zbek tilshunosligida ilmiy asoslanishi, o‘zbek tilshunos olimlarining bu yo‘nalishga qo‘shgan hissasalari chuqur o‘rganildi va ularga tayangan holda o‘zbek tilida lingvokulturemalar lingvokulturologik jihatdan keng tahlil etildi.
Mavzu bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar. Mavzu yuzasidan maqolalar e'lon qilish, ilmiy-nazariy anjumanlarda ma'ruzalar bilan qatnashish va BMIni himoya qilish ishlari rejalashtirilgan BMIning nazariy-metodologik asoslari va tahlil usullari. Tadqiqotda jahon tilshunosligida keng qo‘llanilgan va qo‘llanilayotgan an'anaviy hamda sistem-struktur metoddan va uning tarkibiy qismi bo‘lgan oppozitsiya, distributsiya, transformatsiya hamda glottoxronologik usullardan foydalanildi. BMIning metodologik asosi bo‘lib dialektik falsafa xizmat qiladi. BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdan kelib chiqadigan ilmiy xulosalar tilshunoslikka oid muammolarni ma'lum ma'noda oydinlashtirishga yordamlashadi. Ushbu tadqiqot ishi kelgusida ta'lim sohasida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrantlarga, bakalavriat bosqichida ta'lim olayotgan talabalarga, kasb-hunar kolleji talabalari va litsey o‘quvchilariga ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Ishning tuzilishi va hajmi. BMI ishning umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, lug‘at qismidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 67 sahifadan iborat. LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI “Biz аjdоdlаrdаn аvlоdlаrgа o‘tib kеlаyotgаn bеbаhо bоylikning vоrislаri sifаtidа оnа tilimizni аsrаb-аvаylаshimiz, uni bоyitish, nufuzini оshirish ustidа dоimiy ishlаshimiz zаrur”1. Bu fikrlar tilshunoslik oldiga ham ko‘plab vazifalarni qo‘yadi. Tilshunoslikning o‘rganilmagan sohalarini tadqiq etishni dolzarblashtiradi. Hozirgi kun tilshunoslik ilmida yangi-yangi sohalarning yuzaga kelishi, matn muammosining o‘rganilishi bilan bog‘liq ishlar jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo‘nalishlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko‘rmoqdalar. Bundan maqsad – nutq yaratuvchi va uni idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o‘rin tutishini aniqlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan lingvokulturologiya masalalari ko‘pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, biroq to‘laqonli o‘z yechimini topgan emas. Til va madaniyatning bog‘liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan bog‘liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlarini qayd etish mumkin. O‘zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ishlar sifatida A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish”, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning “Matnning atropotsentrik tadqiqi” mavzusidagi monografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvokulturologiya fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan. Mazkur BMIda biz yuqorida qayd etilgan ishlarga tayangan holda o‘zbek tilida lingvokulturemalar va ularni lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq qilishga harakat qildik. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling