Matnda leksik-semantik vositalarning badiiy-estetik vazifasi, matnning sintaktik xususiyatlari. Saidmurodova Maftuna ÒTA 202-guruh talabasi Qora amma hikoyasi. Bechora chora istar. - Yòq gap panelda emas, "Kobra"da!
- "Kobra" deganimiz boshqarmamizning boshliģi Shavkat Qudratovich.
- - Iyya ammajon, ketmang, sizminan yotaman!.
- -Qòrqma, bolam, men borman-ku. Uxlaa... Juvongina òlgur noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yòq edi-ku! Chòloq bòlsa devor oshib òģrilik qilib bòlmagandir! Tòrt yil qon kechib keldi-ku!. Eri urushda òlgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqalli bolangni òylasang, bòlmasmidi, imonfurush!.
- Kimsanim... Oltitasini yerga qòyib, bittagina tutgan bolamniyam Xudo kòp kòrdi.
- Qayoqdasan bolam? Qaysi yurtlarda yuribsan?Joning soģmi òzi? Mayli oyoq-qòlsiz bòlsang ham, birov zambilda kòtarib kelsayam, jon derdim!
Matnning sintaktik tahlili Gradatsiya- birinchi xabardan 2-xabarga qarab noxushlik holati kuchayib boradi. (Juvongina òlgur< bolaning uvoli tutgur imonsiz< imonfurush) Matnda teng munosabatli qòshma gaplar ishlatilgan Matnda sòroq gaplardan, ritorik sòroq gaplardan foydalanilgan.
Matnning leksik-tahlili.
Metafora - Hammayoq suv quygandek jim jit. Nutqning tasirchanligini oshmoqda.
Metonimiya - Oltitasini yerga qòyib, bittagina tutgan bolamniyam Xudo kòp kòrdi.
Vulgarizm - noinsof, imonsiz, imonfurush.
Matnning Fonetik tahlili. - Undoshlarni birdan ortiq yozish. (Iyya) . Sòzlovchining taajubini kuchaytirib ifodalashga xizmat qilgan.
- Unlilarni birdan ortiq yozish. ( Uxlaa)
- Grafon - kulgi qòzģatish maqsadida ham sòzlar atayin buzib talaffuz qilinadi va òsha tarzda yoziladi.
- ( Yòq, gap panelda emas, "Kobra"da!
- Kobra deganimiz boshqarmamizning boshliģi Shavkat Qudratovich.
„Ikki eshik orasi“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Asar Oʻtkir Hoshimov merosining asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. - „Ikki eshik orasi“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Asar Oʻtkir Hoshimov merosining asosiy oʻrinlardan birini egallaydi.
- Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari — mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini haqida soʻzlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran oʻrgangani uchun har bir epizod oʻquvchini qalbiga jiddiy taʼsir qiladi.
- Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan toʻqqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bogʻlagan.
Ikki eshik orasi asari haqida - „Ikki eshik orasi“ romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlarni yoritib bergan. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga koʻrk bagʻishlaydi. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obroʻ-eʼtibori, eng ogʻir damlarda qiyinchiliklarni yengib oʻtishga kuch topishi bilan oʻquvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq-chuchugini tatib koʻrgan oʻzbek qariyalariga oʻxshab har bir ishda tashabbuskorlikni oʻz qoʻliga oladi. Shu bilan birga asarda Robiya ismli ayol qahramon ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |