2.4.ТА’LIM BOSQICHLARINING DASTUR VA DARSLIKLARIDA MAVZUNING YORITILGANLIK DARAJASI
Biz mazkur bobda lingvokulturologiyaning obyekti bo‘lmish barqaror birikmalar mavzusining ta’lim bosqichlari dastur va darsliklarida yoritilganlik darajasini tahlil qildik. Barqaror birikmalar umumiy o‘rta ta’limning 5-sinf ona tili darsligida, akademik letseylarning 2-bosqich “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida keltirilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning 5-sinf ona tili darsligida 175-darsda “Iboralar” mavzusi berilgan bo‘lib, ibora, uning turlari, xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan, iboralarga namunalar keltirilgan.
Akademik litsey 2-bosqich “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligining 12-darsida “Barqaror birikmalar” mavzusi, 13-darsda “Maqol va matallar”, 14-darsda esa “Hikmatli so‘zlar (aforizmlar)” mavzulari berilgan. “Barqaror birikmalar” mavzusida barqaror birikmalarning umumiy tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlari, turlari haqida ma’lumot berilgan. “Maqol va matallar” mavzusida maqollar, ularning mavzu ko‘lami, matallarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida berilgan. “”Hikmatli so‘zlar (aforizmlar)” mavzusida hikmatli so‘zlar alohida yoritib berilgan, dars takrorlash darsi bilan yakunlangan.
Ochiq dars ishlanmasi “Barqaror birikmalar va ularning tasnifi” mavzusida bo‘lib, darsda tadqiqotimda tahlilqilingan materiallardan unumli foydalandim.
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI 4-“B”GURUH TALABASI SHERBO’TAYEVA MUAZZAMNING ADU QOSHIDAGI 2-SON AKADEMIK LITSEYIDA “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN
34-GURUHIDA O‘TKAZGAN OCHIQ DARS ISHLANMASI
Ta’lim berish texnologiyasi
Mavzu:
Barqaror birikmalar va ularning tasnifi
|
|
|
O‘quvchilar soni: 30 ta
|
Vaqti: 80 daqiqa
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy-nazariy dars
|
Mavzu rejasi:
|
1. Barqaror birikmalar haqida.
2. Barqaror birikmalarning turlari (frazeologizm, maqol va matallar, hikmatli so‘zlar).
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga barqaror birikmalar va ularning turlari, o‘ziga xos xususiytlari haqida ma’lumotlar berish, ularda nazariy bilim va ko‘nikmlalar hosil qilish. Ularni nutqda iboralardan, maqol va matallardan, hikmatli so‘zlardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatish.
tarbiyaviy maqsad: o‘quvchi yoshlarni o‘z ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash. Ularda insoniylik, rostgo‘ylik, mehr-muhabbat, so‘zga mas’uliyat hissini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning dunyoqarashi, fikrlash darajasini o‘stirish, ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O‘quv faoliyati natijalari:
|
1. Barqaror birikmalar haqida ma’lumot beriladi.
2. Barqaror birikmalarning turlari haqida ma’lumot beriladi.
3. Barqaror birikmalarning nutqdagi o‘rni haqida ma’lumot beriladi.
|
1. Barqaror birikmalar haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
2. Barqaror birikmalarning turlarini bilib oladilar.
3. Barqaror birikmalarning nutqdagi ahamiyatini tushunib yetadilar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |