Lingvokulturemalar
-mashq. Quyidagi iboralar ishtirokida gaplar tuzing va ma’nosini izohlang
Download 0.92 Mb.
|
Qurbonov Mirjalol. tayyorladi. O’zbek tilida “lingvoku
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishtahasi karnay Naim ovqatni paqqos rushirdi.
- V. Darsni yakunlash (5 daqiqa): Darsga xulosa yasaladi, o‘quvchilar baholanadi, rag ‘batlantiriladi va uyga vazifa beriladi. UMUMIY XULOSALAR
143-mashq. Quyidagi iboralar ishtirokida gaplar tuzing va ma’nosini izohlang.
Ishtahasi karnay, qo‘ling dard ko‘rmasin, og‘zi ochilib qoldi, gullab qo‘ydi, ko‘kragini yerga bermoq, loy bo‘lmoq, misi chiqmoq, tuyog‘ini shiqillatmoq, aravani tortmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, boshi osmonga yetmoq, arpasini xom o‘rmoq, taqdirga tan bermoq, quloq solmoq, misi chiqmoq. Namuna:
Uchinchi bosqichda iboralar bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar asosida “Davom et” texnologiyasi orqali mavzu yanada mustahkamlanadi. Bo‘sh klasterlar namunadagidek to‘ldiriladi, ya’ni berilgan iboraning dastlab lug‘aviy ma’nosi, keyin sinonim va antonimi aniqlab yoziladi. Namuna:
V. Darsni yakunlash (5 daqiqa): Darsga xulosa yasaladi, o‘quvchilar baholanadi, rag ‘batlantiriladi va uyga vazifa beriladi. UMUMIY XULOSALAR Xulosa tarzida aytishimiz mumkinki, lingvokulturologiya ilmiy fan sifatida quyidagi qator o‘ziga xosliklarga ega: Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va filologiya (lingvistika) fanlari o‘rtasidagi alohida ilmiy fan sanaladi. Lingvokulturologiyaning asosiy obyekti bu til va madaniyatning o‘zaro ta’siri, aloqadorligi jarayonida yuzaga kelgan birliklarning yaxlit bir tizim asosida o‘rganilishidan iboratdir. Uning predmeti – til komunikatsiyasi tizimida yuzaga kelgan va aks etgan xalqning madaniy qadriyatlariga asoslangan jamiyatning milliy til shaklidir. Lingvokulturologiya jamiyatning yangicha turmush tarzi, yangicha tafakkuri va mamlakat madaniyatining turli sohalaridagi madaniy hayoti haqida axborotlar va madaniy qadriyatlarning yangi tizimini o‘zida aks ettirgan til birliklari asosida ish yuritadi. Xalqning obyektiv, yaxlit va to‘liq madaniyati lingvokulturologiyadan xalq madaniyatining uning tilida va shevalarida sistem tarzda aks etishini talab qiladi. Bu esa yangicha, zamonaviy madaniyat tafakkurining shakllanishiga asos bo‘ladi va bu o‘zgarishlar o‘z navbatida xalqning milliy ruhiga bog‘liq ravishda uning tilida o‘z aksini topadi. Lingvoo‘lkashunoslik predmeti sanalgan noekvivlaent leksika va lakunlar, tilning stilistik jamlanmasi, til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar, barqaror birikmalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari lingvokulturologiyaning obyekti – lingvokulturemalar sanaladi. Tilshunoslikda ismlarni o‘rganuvchi bo‘lim onomastika, ya’ni nomshunoslik, kishi ismlari esa antroponimlar deya yuritiladi. Antroponimlar (ism, ota ism, familiya yoki laqab va taxallus)ning yaratilishi muayyan ehtiyoj va qonuniyatlar asosida yuz beradi. Ularda, albatta, milliy-mental xususiyatlar o‘z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan antroponimlar lingvokulturologiyaning obyekti bo‘la oladi. Tilning barqaror birikmalaridan bo‘lgan maqol va iboralar o‘zida xalqimizning turmush tarzi, o‘tmishi, madaniyatini yaqqol namoyon etuvchi lingvokulturologik birlik sanaladi. Ularni lingvokulturologik nuqtai nazardan keng tahlil qilish tilshunoslikda o‘z yechimin kutayotgan masala sifatida belgilanadi. Ularni o‘rganish ko‘plab yangi xulosalarni olish imkoniyatini yaratadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling