Lingvokulturemalar


Mavzu: Barqaror birikmalar va ularning tasnifi


Download 0.92 Mb.
bet27/30
Sana28.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1302854
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Qurbonov Mirjalol. tayyorladi. O’zbek tilida “lingvoku

Mavzu: Barqaror birikmalar va ularning tasnifi


Reja:
1. Barqaror birikmalarning umumiy tavsifi
2. Barqaror birikmalarning turlari: frazeologizm, maqol va matallar, hikmatli so‘zlar

Ma’lumki, biz fikr almashish jarayonida so‘z va gaplar kabi turli vositalardan tashqari bir necha so‘zlarning birikishidan tashkil topgan birikmalardan ham foydalanamiz. Bunday birikmalar so‘zlovchining nutqiga qadar tilda tayyor holda saqlanib, nutqqa so‘zlovchi tomonidan olib kiriladi.


Bunday birikmalar tilning jozibasini, nutqning ta’sirchanligini oshirib, ular barqaror birikmalar deb ataladi.

Barqaror birikmalar o‘zining bir quyidagi alohida xususiyatlariga ega:



  1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik.

  2. Ma’no butunligi.

  3. Tuzilishi va tarkibining barqarorligi.

Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki sanaladi.
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. parema – barqaror, logos – ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi esa paremiografiya (lot. parema – barqaror, grafio – yozmoq) sanaladi.
Barqaror birkmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:





































Barqaror birikmalarning har bir turiga o‘quvchilar tomonidan namunalar topiladi. Tahlil qilinadi.


IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash ( 15 daqiqa):
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash qismida quyidagi tartibda olib boriladi:

  • Mavzu yuzasidan xotira mashqi o‘tkaziladi.

  • Iboralarga oid tarqatma materiallar asosida “Davom et” texnologiyasi o‘tkaziladi

  • 143-mashq bajariladi.

Xotira mashqi

  1. Barqaror birikmalar 3 ta turga bo‘linadi (+).

  2. Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kiriladi (+).

  3. Barqaror birikmalarning tuzilishi va tarkibi erkin bo‘ladi (-).

  4. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga parimiografiya deyiladi (-).

  5. Barqaror birikmalar mazmunan bir leksemaga teng keladi (+).

  6. Frazeologizmlar faqat ko‘chma ma’noda bo‘ladi (+).

  7. Frazeolgizmlar gap tahlilida alohida bo‘lak sifatida olinadi (-).

  8. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan,xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalarga matallar deyiladi (-).

  9. Hikmatli so‘zlar barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik belgilariga ko‘ra boshqa birliklar bilan umumiylik hosil qiladi (+).

10.Aforizmlar ma’lum bir shaxs tomonidan yaratiladi (+).
Bunda o‘qituvchi mavzuga oid xulosalarni birma-bir o‘qib eshittiradi, o‘quvchilar esa ularni xato va to‘g‘ri ekanligini aniqlaydilar (xato javoblar - , to‘g‘ri javoblar es + belgisi bilan berilgan).



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling