Linkni bosib ko`ring :
https://t.me/TARIX_TILSIMI
• 1922-yil aprel oyida Junaidxon qo‘shinlari Porsu shahriva uning atroflarini qizil
askarlardan ozod qilishdi. Ko‘hna Urganch yonidagi qishloqlarda ham ular shiddatli
janglar olib bordilar.
Markaz Xorazmda “bosmachilik” harakatini tezlik bilan bartaraf qilish uchun barcha
imkoniyatlarni ishga soldi. Bu holat, ayniqsa, 1923-yildan boshlab yanada kuchaydi. 1923-yil
12-yanvarda bo‘lgan uchinchi chaqiriq XXSR MIK II sessiyasida Xorazmda 4 yildan
buyon davom etib kelayotgan “bosmachilik” harakatiga qarshi mavjud hukumatning
o‘zi kurash olib borishga ojiz ekanligi ochiq aytilib, RSFSR (aslida SSSR) hukumatidan
“shoshilinch harbiy yordam” so‘raldi
. Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining 20 nafar
hamrohi bilan Afg‘onistondagi Hirot shahriga yetib keldi. Manbalarda aytilishicha, u
bu yerda turib o‘z qo‘shinlari safini to‘ldirishga tayyorlangan. Oradan ko‘p vaqt
o‘tmasdan, Junaidxon XXSR hududiga qaytib keldi va istiqlolchilik harakatiga
boshchilik qilishda davom etdi.
Istiqlolchilik harakatining mag‘lubiyatga uchrash sabablari va kurash saboqlari.
№
Istiqlolchilik harakatining harakterli xususiyatlari
1
1924-yil kuzida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida qurolli
kurashning birinchi davri yakunlandi(1918-1924-yy)
2
ikkinchi davri (1925 – 1935-yillar) esa yana 10 yil davom etib, o‘zining xarakteri va
kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi. Bu davrda asosan
Sharqiy Buxoro, Xorazm vohasi va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida janglar davom
etdi.
3
1935-yilga kelib Turkistondagi istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatga uchradi. Tirik qolgan
kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir bo‘lib jo‘nab ketishga majbur
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |