Linkni bosib ko`ring :
https://t.me/TARIX_TILSIMI
jazo
organlari (sud raisi: VasilyevYujin va prokuror R.Katanyan)
ishga ataylab siyosiy tus
berishdi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni qo‘llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi
millatchi tashkilotlar” a’zolari bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib,
ularga “qosimovchilik” yorlig‘i bosildi.
Sovet sudi S.Qosimov, B. Sharipov, N.Alimov,
Spiridinovni
otib o‘ldirishga, qolgan 3 nafar kishini 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.
Ularning butun
mol-mulki musodara qilinib, davlat hisobiga o‘tkazildi.
Oradan ko‘p o‘tmay navbatdagi ish – badriddinovchilik o‘ylab topildi.
1932-yil 5-may – 15-
iyunda
Toshkent shahrida SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining sayyor sessiyasi O‘zbekiston
SSR Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin Badriddinov va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud
jarayonini o‘tkazdi. Bu gal ham prokuror armani R.Katanyan bo‘lib, u turkiy xalqlarga nisbatan
nafrati bilan tanilgan edi. Sh.
Badriddinovga “Milliy Ittihod” tashkiloti a’zolari va
“bosmachilar” bilan aloqa bog‘lagan, Munavvarqori va Sa’dulla Qosimovning yaqin
do‘sti va hamfikri bo‘lgan, degan ayblar qo‘yildi
. Sh.Badriddinov avval otishga hukm qilinib,
so‘ngra o‘lim hukmi 10 yil qamoq jazosi bilan almashtirildi. Uning 5
nafar safdoshi ham uzoq
muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sovet rejimi sud organlaridagi
milliy rahbar xodimlarni
qatag‘on qilish bilan birgalikda jazo qilichini maorif sohasidagi ziyolilarga ham ko‘targan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: