Linkni bosib ko`ring


yozuvchi, shoir va olimlardan 5758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4811 nafari otib


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

yozuvchi, shoir va olimlardan 5758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4811 nafari otib 
tashlangan edi.
Bu ma’lumotlar respublikamiz miqyosida qizil terror qanchalik keng miqyosda 
shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi 
“Shahidlar xotirasi” yogorlik majmuasi hamda “Qatag‘on qurbonlari 
xotirasi” muzeyi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi 
huquqiy jihatdan oqlandi. Ularning porloq nomlari tiklandi. O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov (1938 – 2016) tashabbusi bilan 2000-yil 12-mayda Toshkent shahri Yunusobod 
tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi. U 
mustabid sovet rejimi davrida qatag‘on qilingan shahidlar xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan bo‘lib, 
millat fidoyilarining aksariyati shu yerda otib tashlangan edi. 
O‘zbekiston Respublikasida 2001-yildan boshlab har yili 31-avgust –mustaqillik e’lon 
qilingan kun qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida o‘tkaziladigan bo‘ldi

“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida 2002-yil 31-avgustda “Qatag‘on qurbonlari
xotirasi”
muzeyi ochildi. Muzey Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyati davrida Vatan ozodligi 
yo‘lidagi faoliyati uchun qatag‘on etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida 
tashkil qilingan. Bu minnatdor avlodlarning o‘z ajdodlari xotirasiga ehtiromidir. 
2000-yil 12-mayda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida 
“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi 
2002-yil 31-avgustda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. 
16-§. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda O‘zbekistonning 
urush girdobiga tortilishi 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling