Linkni bosib ko`ring


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

1930-yil avgust oyida
Samarqand shahrida O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissarligida bir 
guruh rahbar xodimlar hibsga olindi. “Narkompros”  ishida O‘zSSR Maorif xalq komissari 
Mannon Ramziy – Mannon Abdullayev uning o‘rinbosari Botu – Mahmud Hodiyev, 
shuningdek, Oltoy – Bois Qoriyev, Nodir Saidov va boshqalar bor edi
. Ular maorif 
tizimini “millatchilik og‘usi” bilan zaharlaganlikda ayblanib, bu holat “maorif frontida 
qosimovchilikning namoyon bo‘lishi” deb qoralandi. Botu va uning tarafdorlari 10 yillik 
qamoq jazosiga hukm qilindi. Biroq ular, keyinchalik, qamoqxonada otib tashlandi. 
 
 
Munavvarqori va safdoshlarining mahv etilishi
1929-yil 5-noyabrda
Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov 
boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi.
Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar 
soni 87 kishiga
yetdi. Ularga “Milliy Ittihod”  va “Milliy Istiqlol ” tashkilotlarining a’zolari 
degan ayb qo‘yildi. Tergov jarayoni keyinchalik, Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovet rejimining 
jadidlar “millatchiligi”ni fosh qilishga jon-jahdi bilan kirishganligidan dalolat beradi. 1931-yil 25-
aprelda
Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvarqori boshchiligidagi millatning 15 
nafar fidoyisi bo‘lgan “Milliy Istiqlol” a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa 
uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi
. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva 
atrofida otib tashlandi. Qamoqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kelmadi. 1936 – 1938-
yillardagi katta terror hamda O‘zbekistonda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning 
qatag‘on qilinishi. Bu paytda totalitar rejimda ma’muriy buyruqbozlik va avtoritar boshqaruvning 
kuchayishi natijasida qonunbuzarlik hodisalari oddiy holga aylandi. Sovet mustabid tuzumi butun 
mamlakatda bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham ommaviy qatag‘onlarni avj oldirdi. Yirik davlat 
va jamoat arboblari, partiya va xo‘jalik rahbarlari, ziyolilar, ruhoniylar va harbiylar bilan 
birgalikda oddiy kishilar va kolxozchilar ham qatag‘on qilindi. O‘zbekistonda siyosiy qatag‘onlik 
1937-yilning yozida, ayniqsa avjiga chiqdi. O‘zbekiston SSR XKS raisi Fayzulla Xo‘jayev, 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling