avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan
tashqari VI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida
prezident
I.A.Karimovning
ma’ruzasi
tinglandi
.
Sessiyada
“O‘zbekiston
Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun
qabul qilindi.
Mazkur
qonun
17 moddadan iborat bo‘lib, unda suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari
aniqlab berildi. Shunday qilib, xalqimizning mustaqillikka erishishdek asriy orzusi ro‘yobga
chiqdi. Rossiya imperiyasi va SSSRning 125 yil davom etgan mustamlakachilik
davriga chek
qo‘yildi. O‘zbek xalqining muqaddas va tarixiy orzusi ushalib, O‘zbekiston
Respublikasi tinch
parlament yo‘li bilan o‘zining mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida 3500
yillik o‘tmishga ega o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo‘lib yozildi. Mustaqillik
xalqimizning XX asrda erishgan eng yuksak yutug‘i, ajdodlarimiz to‘kkan qutlug‘ va tabarruk
qonning mahsuli hisoblanadi.
№
Ayrim atamalar va ularning izohi
1
Referendum
(lot. – xabar berilishi zarur bo‘lgan narsa)
davlat
ahamiyatiga
ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va
ba’zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li
bilan xalq
fikrini aniqlash.
2
Vitse-prezident
(lot. vice – o‘rniga) “o‘rinbosar”, “yordamchi” degan
ma’nolarni anglatuvchi birinchi tarkibiy qismi.
Vitse-
prezident –prezident
o‘rinbosari.
3
Deklaratsiya
–(ma’lum qilaman) – hukumatning,
biror tashkilotning
muhim
bir hujjatni, qonunni, voqeani ko‘pchilik e ’tiboriga
yetkazuvchi bayonoti