Linkni bosib ko`ring


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

1989-yil 7-8-iyunda
Qo‘qon shahrida mahalliy aholi qatnashgan tinch namoyish harbiy 
qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok 
bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1989-yil 3 – 12-iyunda  Farg‘ona viloyatida bo‘lgan 
millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 
103 nafar kishi halok bo‘lgan
, 1011 kishi jarohatlangan  va 757 xonadonga


Linkni bosib ko`ring : 
 
https://t.me/TARIX_TILSIMI
 
o‘t qo‘yilib
, vayron etilgan. Farg‘ona fojialaridan keyin O‘zbekistonning Islom Karimov 
boshchiligidagi yangi siyosiy rahbariyati bu masalada prinsipial mavqeni egalladi. 
✓ O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘rganib, unga to‘g‘ri baho berar ekan, Islom 
Karimov matbuot konferensiyalarining birida “O‘zbekiston yana bir Farg‘onaga chidab tura 
olmaydi”, deb ta’kidladi. 
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi. 
1989-yil 21-oktyabrda
respublika Oliy Sovetining XI sessiyasi “O‘zbekiston SSR davlat tili 
haqida” Qonunni qabul qilib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi.
Qonunning qabul 
qilinishi o‘zbek xalqi va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning madaniy, ma’naviy va siyosiy 
hayotida ro‘y bergan muhim voqea edi. Qonun o‘zbek tili va madaniyatining rivojlanishiga 
imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga unda respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning 
tillarini rivojlantirish imkoniyatlari ham belgilab berildi. 1990-yil iyunda  Farg‘ona 
vodiysining O‘sh va O‘zgan shaharlarida (qo‘shni Qirg‘iziston hududida) qirg‘izlar 
bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi
. Bu mojaro (O‘sh qirg‘ini) natijasida 
minglab gunohsiz o‘zbeklar halok bo‘ldi. Markaz murakkab etnik vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida 
foydalanishga intildi, azaliy qon-qardosh hisoblangan turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo‘ydi. Ana 
shunday murakkab bir sharoitda o‘zbek xalqi asrlar davomida sinovdan o‘tgan o‘zining sabr-toqati 
va bardoshini, bag‘rikengligini namoyish qildi, turli siyosiy kuchlar va g‘alamislarning ig‘volariga 
uchmadi. O‘zbekiston hukumati ham bu masalada izchil siyosat olib bordi, butun mintaqada 
tinchlikni saqlashda muhim rol o‘ynadi. 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling