Linkni bosib ko`ring :
https://t.me/TARIX_TILSIMI
organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi
. O‘sha paytda
“desantchilar” va
3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika
huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan.
1985 – 1990-yillarda
O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami
40 000 kishi
tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi,
5000
nafar
kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson
huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazildi. Ularning oila a’zolari va
qarindoshurug‘lari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati.
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab
siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning
o‘sha paytdagi rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi. Markazdan
yuborilgan kommunistik
amalparastlar O‘zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek
xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo O‘zbekistonning sobiq rahbari,
marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora
o‘ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda
foydalanildi. Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda
minglab kishilar nohaq
ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador
jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida
O‘zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab
odamlar aybsiz
jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini
o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda
Markaz rahbariyati
va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati,
xalqimiz orasidan
chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan
ayrim qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.
Do'stlaringiz bilan baham: