Linkni bosib ko`ring


respublikada bu kimyoviy moddadan foydalanishni taqiqlasa ham, ayrim xo‘jaliklar bu


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

respublikada bu kimyoviy moddadan foydalanishni taqiqlasa ham, ayrim xo‘jaliklar bu 
usuldan keyinchalik ham foydalandilar. 
Yodda tuting! 
Hozirgi vaqtda Orol dengizi 3 bo‘lakka bo‘lingan: birinchisi – kichik va sayoz shimoliy qismi
ikkinchisi – nisbatan kattaroq maydonga ega bo‘lgan va sayoz sharqiy qismi; uchinchisi – eng 
chuqur hisoblangan g‘arbiy qismi. Orol dengizining qurishi va uning dahshatli oqibatlari. XX 
asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasidadengizga 
Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqibatda Orol 
dengizida suv sathi jadal sur’atlarda pasayib, u quriy boshladi. Dengiz suvining sho‘rlanishi 
kuchayib, baliq va boshqa suv jonivorlari keskin kamayib ketdi. Orol dengizining qurib borishi 
Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan darajada 
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Orolbo‘yi mintaqasida og‘ir vaziyatning yuzaga kelishi. Orolbo‘yi (Quyi 
Amudaryo) mintaqasi ma’muriy jihatdan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlaridan iborat bo‘lib, 
Orol dengizining qurishi natijasida bu yerda og‘ir ekologik vaziyat yuzaga keldi. Amudaryoning 
quyi oqimida baliqchilik, mo‘ynachilik, ovchilik xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketdi. Paxtachilik va 
chorvachilik 1980 – 1985-yillarda har yili 30 mln rubldan ortiqroq zarar ko‘rdi. Orolbo‘yi 
mintaqasida vujudga kelgan og‘ir vaziyat yerli xalq ahvolini nihoyatda tang qilib qo‘ydi. Bu yerda 
turli xil kasalliklar ko‘paydi. Yosh bolalar o‘limi ortib bordi. Majruh tug‘ilgan bolalar soni ham 
ortib, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘lim har ming bolaga nisbatan 1980-yildagi46,5 
nafardan 1986-yilda 72 nafarga yetdi. Ayollarning 60 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan edi. 
Orolbo‘yida qorin tifi kasalligi 30 marta, yuqumli sariq kasalligi 7 marta ortdi, ayniqsa, saraton 
(rak) kasalligi ko‘payib ketdi. 
Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatda, ayniqsa, dengizga yaqin bo‘lgan 
Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Chimboy shaharlari va atrofidagi ovullar aholisi ko‘p aziyat chekdi. 
Baliqchilik bilan nom chiqargan mo‘ynoqliklarning ko‘pchiligi 10 – 15 yil ichida ishsiz va nochor 
ahvolga tushdi. Qiyinchiliklarga qaramasdan o‘z yerida qolgan mahalliy xalq murakkab 
muammolar iskanjasida qoldi. 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling