Linkni bosib ko`ring
Ekologik muvozanatning buzilishi
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Linkni bosib ko`ring
Ekologik muvozanatning buzilishi.
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, asosan, inson faoliyati natijasida, ya’ni insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishi sababli paydo bo‘ladi. XX asr 60 – 80-yillarida bu muammo bashariyat uchun katta xavftug‘dirdi. Insonning xo‘jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi, qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi, elektr stansiyalari va zavod- fabrikalar qurildi, yangi shaharlar soni ko‘paydi. Yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishi esa tabiatda mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologik vaziyatni vujudga keltirdi. Olimlar butun dunyoda ekologik muvozanat buzilgan, buning xavf-xatari yadro urushi xavfidan qolishmaydi, deb turgan bir paytda sovet hokimiyati va kommunistik partiya bizning mamlakatimizda ekologiya muammosi yo‘q, deb bu tahdidning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmadi. O‘zbekiston olimlari va keng jamoatchilikka bu xavf to‘g‘risida gapirishga yo‘l qo‘yilmadi. O‘zbekistondagi barcha yirik og‘ir sanoat tarmoqlari – metallurgiya, gaz-neft, energetika, kimyo korxonalari Ittifoq vazirliklari va mahkamalari qaramog‘ida bo‘lgan. Ekologiyani asosan o‘sha tarmoqlarning korxonalari buzib keldi. Biroq Markaz idoralari respublika aholisi salomatligini emas, balki kam sarf qilib, ko‘p daromad olishni o‘ylardi. Yirik sanoat shaharlaridagi korxonalar atrof-muhitni zaharli gazlar va chiqindilar bilan ifloslantirgan. Ayniqsa, kimyo zavodlari va kombinatlari ekologik vaziyatga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu zavodlarning xavfli tomoni shunda ediki, Linkni bosib ko`ring : https://t.me/TARIX_TILSIMI O‘zbekiston aslida aholi zich yashaydigan mintaqalardan hisoblanardi. Kimyo zavodlari asosan aholisi ko‘p bo‘lgan Navoiy, Chirchiq, Farg‘ona shaharlarida qurilgan edi. Zarafshon, Uchquduq, Olmaliq, Bekobod va poytaxt Toshkent shahrining ham ekologik holati yomon bo‘lgan. Markaz ko‘rsatmasi bilan O‘zbekiston paxtazorlarida g‘o‘za zararkunandalari va kasalliklarga qarshi kurashda o‘ta zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublikada 90 000 tonna pestitsidlar qishloq xo‘jaligida qo‘llanildi. Zaharli moddalar bilan ishlov berish maydonlarning taxminan yarPaxtani defoliatsiya qilish mida samolyotlarda bajarildi. Bu holat havo vasuvni zaharlab, aholi salomatligi hamda tabiat va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazdi. Zaharlilik darajasi yuqori bo‘lgan kimyoviy modda – butifos g‘o‘zani defoliatsiya qilish (bargini to‘kish) uchun O‘zbekistonda 20 yil davomida ishlatildi. Defoliatsiya asosan samolyotlarda bajarilar edi. Ko‘p hollarda butifos har gektar paxta maydoniga belgilangan me’yordan 2-3 baravar ko‘p ishlatilgan. Zaharli butifosning defoliatsiyada keng qo‘llanilishi atrof- muhit va odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston rahbariyati 1981- yili Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling