Linkni bosib ko`ring


Ekologik muvozanatning buzilishi


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

Ekologik muvozanatning buzilishi. 
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, asosan, inson faoliyati natijasida, ya’ni 
insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishi sababli paydo bo‘ladi. 
XX asr 60 – 80-yillarida bu muammo bashariyat uchun katta xavftug‘dirdi. Insonning xo‘jalik 
faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi, qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi, elektr stansiyalari va zavod-
fabrikalar qurildi, yangi shaharlar soni ko‘paydi. Yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, sanoat va 
qishloq xo‘jalik korxonalari, transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishi esa tabiatda 
mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologik vaziyatni vujudga keltirdi. Olimlar butun dunyoda 
ekologik muvozanat buzilgan, buning xavf-xatari yadro urushi xavfidan qolishmaydi, deb turgan 
bir paytda sovet hokimiyati va kommunistik partiya bizning mamlakatimizda ekologiya 
muammosi yo‘q, deb bu tahdidning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmadi. O‘zbekiston 
olimlari va keng jamoatchilikka bu xavf to‘g‘risida gapirishga yo‘l qo‘yilmadi. O‘zbekistondagi 
barcha yirik og‘ir sanoat tarmoqlari – metallurgiya, gaz-neft, energetika, kimyo korxonalari Ittifoq 
vazirliklari va mahkamalari qaramog‘ida bo‘lgan. Ekologiyani asosan o‘sha tarmoqlarning 
korxonalari buzib keldi. Biroq Markaz idoralari respublika aholisi salomatligini emas, balki kam 
sarf qilib, ko‘p daromad olishni o‘ylardi. Yirik sanoat shaharlaridagi korxonalar atrof-muhitni 
zaharli gazlar va chiqindilar bilan ifloslantirgan. Ayniqsa, kimyo zavodlari va kombinatlari 
ekologik vaziyatga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu zavodlarning xavfli tomoni shunda ediki, 


Linkni bosib ko`ring : 
 
https://t.me/TARIX_TILSIMI
 
O‘zbekiston aslida aholi zich yashaydigan mintaqalardan hisoblanardi. Kimyo zavodlari asosan 
aholisi ko‘p bo‘lgan Navoiy, Chirchiq, Farg‘ona shaharlarida qurilgan edi. Zarafshon, Uchquduq, 
Olmaliq, Bekobod va poytaxt Toshkent shahrining ham ekologik holati yomon bo‘lgan. Markaz 
ko‘rsatmasi bilan O‘zbekiston paxtazorlarida g‘o‘za zararkunandalari va kasalliklarga qarshi 
kurashda o‘ta zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublikada 90 
000 tonna pestitsidlar qishloq xo‘jaligida qo‘llanildi. Zaharli moddalar bilan ishlov berish 
maydonlarning taxminan yarPaxtani defoliatsiya qilish mida samolyotlarda bajarildi. Bu holat 
havo vasuvni zaharlab, aholi salomatligi hamda tabiat va hayvonot dunyosiga katta zarar 
yetkazdi. Zaharlilik darajasi yuqori bo‘lgan kimyoviy modda – butifos g‘o‘zani defoliatsiya qilish 
(bargini to‘kish) uchun O‘zbekistonda 20 yil davomida ishlatildi. Defoliatsiya asosan 
samolyotlarda bajarilar edi. Ko‘p hollarda butifos har gektar paxta maydoniga belgilangan 
me’yordan 2-3 baravar ko‘p ishlatilgan. Zaharli butifosning defoliatsiyada keng qo‘llanilishi atrof-
muhit va odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston rahbariyati 1981- yili 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling