Linkni bosib ko`ring


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

Linkni bosib ko`ring : 
 
https://t.me/TARIX_TILSIMI
 
lavozimlaridan ozod etilgan. Sovet hokimiyati davrida partiya nomenklaturasi (partiya organlari 
bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud bo‘lgan. Bu qoidaga 
ko‘ra, mas’ul lavozimlarga faqat partiya a’zolari, ya’ni kommunistlar tayinlangan. Shu bilan birga 
turli darajadagi Sovetlar, komsomol hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari kommunistik partiya 
rahbariyati (Markaziy Komitet, viloyat, shahar va tuman partiya komitetlari) tarkibiga kiritilgan. 
Shu tariqa partiya organlari bu tashkilotlar bilan qo‘shilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirib olgan 
§ 24. O‘zbekistonda yoqilg‘i va tog‘-kon sanoatining vujudga keltirilishi hamda aholi 
milliy tarkibidagi o‘zgarishlar 
 
O‘zbekiston qazilma boyliklarining Markaz manfaatlariga xizmat qildirilishi. 
O‘zbekiston mineral xomashyo turlariga nihoyatda boy hudud hisoblangan. Respublikada ko‘pgina 
foydali qazilmalar: oltin, uran, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, tabiiy gaz, neft, toshko‘mir va boshqa 
konlar topilib, ishga tushirildi. Afsuski, bu konlarda qazib olingan foydali qazilmalar, xususan, 
oltin va uran, tabiiy gaz Markaz manfaatlariga xizmat qildi. Bu boyliklardan ularning haqiqiy 
sohibi bo‘lgan o‘zbek xalqi deyarli foydalanmadi. Bu talonchilik mexanizmi iqtisodiyotni tag-tugi 
bilan quritib, o‘zbek xalqi manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan. Oltin, uran, nodir rangli metallar
tabiiy gaz va boshqa strategik xomashyo favqulodda maxfiylik niqobi ostida O‘zbekistondan 
tashqariga amalda tekinga olib ketilardi.
Tabiiy gaz konlarining ochilishi. 
№ 
O‘zbekistonning tabiiy gaz mavjud bo‘lgan tumanlarida faol geologik-
qidiruv ishlari olib borishga XX asr 50-yillari boshlaridayoq kirishilgan edi 

O‘sha davrda Jarqo‘rg‘on, Qorovulbozor, Sariqtosh tabiiy gaz konlari ochilgan. 

Buxoro-Xiva geologik mintaqalarida Gazli va Jarqoq , Shimoliy va Janubiy Muborak, 
Uchqir, O‘rtabuloq va Kultak kabi yirik tabiiy gaz konlari ochildi 

Hisor tog‘larining janubi-g‘arbiy tumanlarida Odamtosh kondensat koni, Ustyurtda 
istiqbolli gaz qatlamlarining topilishi ahvolni keskin o‘zgartirib, O‘zbekistonni 
jahondagi eng yirik gaz zaxiralari mavjud mintaqalaridan biriga aylantirdi. 

1956-yili Buxoro viloyatida dunyoda eng yirik va ulkan Gazli neft-gaz konining 
topilishi O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib chiqarishning tez sur’atlarda rivojlanishiga 
asos bo‘ldi. 

Jahondagi eng yirik gaz konlaridan biri hisoblangan bu konning umumiy zaxirasi 
500 mlrd m3 gaz bo‘lgan. Bu yerda “zangori olov” bunyodkorlari – gazchilar 
yashaydigan Gazli shahriga zudlik bilan asos solindi. 

Butunittifoq gaz qazib chiqarishda O‘zbekistonning ulushi 1960-yildagi 1 foizdan 
1975-yilda 20 foizga ko‘tarildi. Bu nisbat keyinchalik ham doim ko‘payib bordi. 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling