O‘qing va xulosa qiling!
SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchilik roli qonuniy
mustahkamlab qo‘yilgan edi. Ushbu moddada kommunistik partiya jamiyatning rahbarlik
qiluvchi va yo‘naltiruvchi kuchi deb yozilgan edi. Konstitutsiyaning bu moddasi jamiyatda
partiyaning yetakchilik rolini ta’minlab berdi, uning sovet va jamoat tashkilotlari ustidan
hukmronlik qilishlariga asos bo‘lib xizmat qildi.
KPSSning rahbarlik roli va hokimiyatning joylardagi siyosiy organlari.
Sovet jamiyatida davlat boshqaruvi organlari turli darajadagi Sovetlar bo‘lgan. Oliy Sovetdan
boshlab qishloq sovetlarigacha bo‘lgan organlar mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishlari
kerak edi. Aslida esa bunday bo‘lmagan. 1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSRning
yangi Konstitutsiyasi milliy respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng
vakolatlar olib berdi
. Bu konstitutsiya KPSS MK Bosh sekretari va SSSR Oliy Soveti
Prezidiumi raisi Leonid Ilich Brejnev (1906 – 1982) rahbarligida tayyorlandi va mamlakatda
rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surdi.
Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi.
O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari mehnatkashlar deputatlari tuman,
shahar, viloyat Sovetlari hamda respublika Oliy Soveti ikkinchi darajali masalalarni ham partiya
komitetlaridan ruxsat olmasdan hal qila olmas edi. Xo‘jalik rahbarlari o‘z muammolari bilan
Sovetlarning ijroiya komitetlarini chetlab o‘tib partiya organlariga murojaat qilar edi. Aholining
ijtimoiy-maishiy masalarga doir shikoyat va takliflari ham partiya komitetlari tomonidan ko‘rib
chiqilardi. Partiya organlari komsomol va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof
ravishda tazyiq o‘tkazib kelgan. O‘z navbatida komsomol va boshqa tashkilotlar partiya
idoralarining ko‘rsatmalarini bajarishga majbur bo‘lganlar. Buyruqlarni bajarmagan rahbarlar o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |