Linkni bosib ko`ring


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

O‘qing va xulosa qiling! 
SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasida  KPSSning sovet davlatidagi yetakchilik roli qonuniy 
mustahkamlab qo‘yilgan edi. Ushbu moddada kommunistik partiya jamiyatning rahbarlik 
qiluvchi va yo‘naltiruvchi kuchi deb yozilgan edi. Konstitutsiyaning bu moddasi jamiyatda 
partiyaning yetakchilik rolini ta’minlab berdi, uning sovet va jamoat tashkilotlari ustidan 
hukmronlik qilishlariga asos bo‘lib xizmat qildi. 
KPSSning rahbarlik roli va hokimiyatning joylardagi siyosiy organlari. 
Sovet jamiyatida davlat boshqaruvi organlari turli darajadagi Sovetlar bo‘lgan. Oliy Sovetdan 
boshlab qishloq sovetlarigacha bo‘lgan organlar mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishlari 
kerak edi. Aslida esa bunday bo‘lmagan. 1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSRning 
yangi Konstitutsiyasi milliy respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng 
vakolatlar olib berdi
. Bu konstitutsiya KPSS MK Bosh sekretari va SSSR Oliy Soveti 
Prezidiumi raisi Leonid Ilich Brejnev (1906 – 1982)  rahbarligida tayyorlandi va mamlakatda 
rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surdi. 
Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi. 
O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari mehnatkashlar deputatlari tuman
shahar, viloyat Sovetlari hamda respublika Oliy Soveti ikkinchi darajali masalalarni ham partiya 
komitetlaridan ruxsat olmasdan hal qila olmas edi. Xo‘jalik rahbarlari o‘z muammolari bilan 
Sovetlarning ijroiya komitetlarini chetlab o‘tib partiya organlariga murojaat qilar edi. Aholining 
ijtimoiy-maishiy masalarga doir shikoyat va takliflari ham partiya komitetlari tomonidan ko‘rib 
chiqilardi. Partiya organlari komsomol va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof 
ravishda tazyiq o‘tkazib kelgan. O‘z navbatida komsomol va boshqa tashkilotlar partiya 
idoralarining ko‘rsatmalarini bajarishga majbur bo‘lganlar. Buyruqlarni bajarmagan rahbarlar o‘z 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling