Linkni bosib ko`ring


o‘zbekistonliklar ham qatnashdilar


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

o‘zbekistonliklar ham qatnashdilar. 
1941-yil 22-iyunda gitlerchilar Germaniyasi to‘satdan SSSRga bostirib kirdi. 
O‘zbekistonda U.Yusupov o‘zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga 
safarbar qilishga bosh-qosh bo‘ldi. 
O‘zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining urushga safarbar etilishi. 
23-24-iyun kunlari Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nukus va respublikaning 
boshqa shaharlarida ko‘p ming kishilik mitinglar bo‘lib o‘tdi. Har kuni frontga jo‘nash istagi bilan 
harbiy komissarlikka kelib turgan arizalar oqimi o‘zbekistonliklarning milliy vatanparvarlik ruhi 
yuksakligining yaqqol namunasi bo‘ldi. Mazkur arizalarni turli kasbdagi va har xil millatga 
mansub kishilar, erkaklar va ayollar, yoshlar va keksalar, partiyali va partiyasizlar berar edilar. 
Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va 
tuman harbiy komissarliklariga ko‘ngillilardan 14 mingdan ortiq ariza  tushgan. 
O‘zbekiston aholisi an’anaviy vatanparvarligining ajoyib namunalaridan biri frontga 
umumxalq yordami ko‘rsatish edi
. O‘zbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq 
mudofaa jamg‘armasini tashkil etish harakatida faol ishtirok etdilar. Mudofaa jamg‘armasiga 
ishchilar, kolxozchilar, ziyolilar bir kunlik ish haqlari, kommunistik shanbaliklarda ishlab 
topilgan pullar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari, qimmatbaho boyliklari, davlat zayomlari, 
buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirilardi. Umuman, urushning dastlabki kunlarida 
respublika aholisidan 30 mln rubllik  miqdorda pul, obligatsiya va qimmatbaho boyliklar tushdi. 
Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan aholi, sanoat korxonalari, muassasalar va boshqa 
moddiy boyliklarni Sharqqa ko‘chirish boshlandi. Chunonchi, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston 
respublikalariga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig‘i O‘zbekistonga 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling