esa O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix va arxeologiya institutlariga ajratilib, yangi
tashkil etilgan O‘zSSR FA tarkibiga kiritildi
. O‘zbekiston olimlari Ikkinchi jahon urushi
yillarida
o‘zlarining
samarali
faoliyati
bilan
mamlakat
ilmiy
salohiyatini
rivojlantirishga,fidokorona mehnati bilan mamlakatning iqtisodiy hamda harbiy qudratini
oshirish va mustahkamlashga katta hissa qo‘shdilar. Bu ishda ularga urush yillarida
O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan RSFSR va boshqa ittifoqdosh respublikalarning olimlari ham
ancha-muncha yordam ko‘rsatdilar. Faqat Toshkentning o‘ziga mamlakatning taniqli ilmiy
xodimlaridan 375 nafar kishi kelgan bo‘lib, ular respublika imkoniyatlarini iloji boricha urush
ehtiyojlariga ko‘proq jalb qilish yo‘llarini qidirib topishga, ilmiy muammolarni hal qilishga va
mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlashga yordam bergan edilar.
O‘zbekistonning Rossiya, Belorusiya va Ukraina intellektual elitasini saqlab qolishdagi
roli.
Bu davrda respublikamizga Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Voronej va boshqa
shaharlardan 31 ta oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiy akademiya evakuatsiya qilindi
.
Ko‘chirib keltirilgan oliy o‘quv yurtlari, ko‘pgina ilmiy-tadqiqot institutlarining respublikada
bo‘lishi O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarini butun o‘quv va ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini
Markaz darajasiga yana ham yaqinlashtirish imkonini berdi. Urush yillari O‘zbekiston, xususan,
Toshkent shahri minglab fan, adabiyot va san’at namoyandalari uchun najot beshigi bo‘lib xizmat
qildi. Bu davrda fashistlar bosib olgan hududlardan olimlardan tashqari 200 nafardan
ortiq taniqli yozuvchi va shoirlar, tanqidchilar va adabiyotshunoslardan Anna
Axmatova, Aleksey Tolstoy, Vladimir Yan, Aleksandr Deych, Nikita Pogodin,
Do'stlaringiz bilan baham: |