Linkni bosib ko`ring
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)
«Glavgolodnostepstroy»
tashkiloti tuzildi. 1955 – 1959-yillar davomida O‘zbekistonda 160 000 gektardan ziyodroq yangi yer o‘zlashtirildi. 1961-yil Mirzacho‘l shaharchasi Guliston shahriga aylantirildi. Shuningdek, 1956-yili O‘zbekistonda paxta xarid narxlarini oshirish, ustama mukofotlar to‘lashning yangi tartibi, MTSlarga to‘lanadigan natura haqi stavkalarini 40 % kamaytirish, suv uchun to‘lanadigan haqni bekor qilish, mineral o‘g‘itlar narxini pasaytirish joriy qilindi. O‘zbekistonda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish hamda paxta ekinlari maydonini tobora kengaytirish keyingi yillarda ham davom ettirildi. № Ayrim atamalar va ularning izohi 1 Prokat sexi aylanuvchi ikki jo‘va (val) orasidan siqib o‘tkazish yo‘li bilan turli shakldagi metall mahsulotlar ishlab chiqarish, prokat hosil qilish. 2 Monokultura almashlab ekishga amal qilmagan holda dalada faqat bir xil ekinni muttasil yetishtirish § 21. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi O‘zbekiston ziyolilari qatag‘on qilinishining yangi bosqichi. Urush tugagandan keyin oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston SSR bo‘ylab yana bir yalpi qatag‘on to‘lqini yelib o‘tdi. XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi qatag‘onlar asosan madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Markazning yo‘l-yo‘riqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi kommunistik partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. № O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi 1950-yil 1-sentyabrda “O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib, quyidagi shaxslar nohaq qoralandi Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling