Linkni bosib ko`ring :
https://t.me/TARIX_TILSIMI
Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishining Turkistonga ta`siri
1917-yil Oktyabr
to‘ntarishi haqidagi xabar 27-oktyabrda Toshkentga yetib keldi. bolsheviklar
va so‘l eserlar hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallash uchun kurash boshladilar. Bolsheviklar
rahbarlik qilgan Toshkent Soveti ishchi va soldatlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga da’vat qildi. Lekin
Muvaqqat hukumat tomonidan Turkiston o‘lkasining bosh komissari qilib tayinlangan general
P.Korovichenkoga
sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik ko‘rsatdilar. 28 oktyabrdan boshlab
Toshkentning yangi shaharida qurolli to‘qnashuvlar avj oldi. To‘rt kunlik janglardan so‘ng
Toshkentning yangi shahar qismida zo‘ravonlik bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi. Biroq qurolli
to‘qnashuvda mahalliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917-yil noyabrda Samarqand , Skobelev
va boshqa shaharlarda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi.
Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti
Toshkentda 1917-yil 15 – 22-noyabrda bo‘lgan Turkiston ishchi va soldatdeputatlari Sovetlarining
III o‘lka syezdida 1)so‘l eserlar, 2)bolsheviklar va 3) maksimalistlardan iborat sovet
hukumati – Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi
“Sho‘roi Ulamo” tashkilotining Toshkent shu’basi yetakchilari (Sherali Lapin) Bolsheviklarni
qo`llab-quvvatladilar. Turkiston o‘lka musulmonlari Markaziy Kengashi (Milliy Markaz)
bolsheviklar bilan hamkorlik qilishga qarshi chiqdilar va noyabr oyi boshlarida Toshkentdan
Qo‘qon shahriga ko‘chib o‘tib, Farg‘ona vodiysida o‘z faoliyatlarini kuchaytirdilar. “Sho‘roi
Islomiya” tashkiloti ham bu paytda o‘z qarorgohini Qo‘qonga ko‘chirgan edi.
“Turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi”
Toshkent shahrida “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining tashabbusi bilan 1917-yil 12 – 15-
Do'stlaringiz bilan baham: |