№
Ayrim atamalar va ularning izohi
1
Muxtoriya
biron-bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga
oshirish huquqi.
2
Kadetlar
“konstitutsion demokratlar” birikmasining bosh harflaridan
olingan. Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-
demokratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari.
3
Eserlar
S (es) – sotsial, R (er) – revolyutsion (inqilobiy), ya’ni, sotsial
revolyutsionerlar nomidan olingan bo‘lib, ular sovetlar ichida
dehqonlar manfaatini hamoya qiluvchi guruh bo‘lgan.
4
Bolshevik
ruscha bolshoy, bolshe – katta; ko‘p) Rossiya sotsialdemokratik
ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining
ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi
esa
mensheviklarga ajraldi.
5
Shu’ba
qism, tarmoq.
§ 2.Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar
diktaturasi
Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi
1917-yil24-oktyabrdan 25-oktyabrga
o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd
garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va
majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi
. Petrogradda ochilgan
Butunrossiya Sovetlarining II syezdida bolsheviklar dastlab so‘l eserlar bilan hamkorlikda
Muvaqqat hukumat ag‘darilganligini qo‘llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to‘g‘risida dekretlar e’lon
qildilar. Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) boshchiligidagi hukumat – Xalq Komissarlari Soveti
(XKS)ni tuzdilar
.
Do'stlaringiz bilan baham: |