Linq texnologiyasi tavsifi


Download 124 Kb.
bet1/12
Sana02.02.2023
Hajmi124 Kb.
#1147259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
hhhh


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………..............................................
I BOB.LINQ texnologiyasi haqida umumiy ma’limot va NET Framework tillarida LINQ texnologiyasi…………………………………………………
1.1.C# dasturlash tilida LINQ texnologiyasi tavsifi................................
1.2.LINQ texnologiyasi umumiy tiplar(Generics)...................................
1.3.LINQ so’rovlaridagi asosiy amallar...................................................
I bob bo’yicha qisqacha xulosa................................................................
II BOB.LINQ texnologiyasining amaliy masalalarga tadbiq etilishi va namunaviy masalalar.........................................................................................
2.1.LINQ texnologiysi orqali ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritish................................................................................................................
2.2.LINQ so’rovlarida tipga oid bog’lanishlar.........................................
2.3. C# dagi LINQ ni qo’llab quvvatlovchi jihatlar.............................
II bob bo’yicha qisqacha xulosa................................................................
XOTIMA...........................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati................................................................




KIRISH
Bugungi jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot kommunikatsiya asrida yashar ekanmiz deyarli barcha sohalar jabhasida dasturlash tillari,ma’lumotlar ba’zasidan foydalanish,tizimlar orasidagi bog’lanishlarni qulaylashtirish ,raqamli texnologiyalardan foydalanishning keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.Jumladan yurtimizda ham bu borada bir qator sezilarli chora tadbirlarning yo’lga qo’yilayotganligi tahsinga sazovor.
2018-yil 9-yanvar kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta‘minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Unda O’zbekiston bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, tegishli vazirlik va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Bugun mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’tgan yilda raqamli televideniye qamrovi 88 foizdan 100 foizgacha yetkazildi. Mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 foizga oshib, 22.8 millionga yetdi. 2017-yilda axborot - texnologiyalari sohasida 7.7 trillion so’mlik yoki 2016-yilga nisbatan 26 foizga ko’p xizmat ko’rsatildi. Investitsiya dasturi doirasida 260 million dollar o’zlashtirildi. Yig’ilishda erishilgan natijalar alohida qayd etilar ekan, 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ustuvor vazifalar haqida ham so’z bordi. Prezident axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko’pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko’rsatkichda ekanligini qayd etdi.Misol uchun, axborot texnologiyalari sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi Janubiy Koreyada – 9 foiz, Yaponiyada – 5.5 foiz, Xitoy va Hindistonda – 4.7 foiz, O’zbekistonda atigi 2.2 foizni tashkil etadi. Buni axborot-kommunikatsiya
rivojlanish indeksi reytingdagi 176 ta mamlakat ichida O’zbekiston 95-o’rinni egallagani isbotlab turibdi. Yig’ilishda internet tarmog’iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o’rnatish, ―Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi,―Internetdan 20 million aholi foydalanadi, deb hisobot bergansizlar. Biroq, milliy internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli aholining aksariyat qismi internetdan faqat telegramda yozishma uchun foydalanadi, xolos, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Yig’ilishda MDH davlatlari bo’yicha internetning o’rtacha tezligi biznikidan 10 marta yuqoriligi qayd etildi. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo’llarga yaqin hududlarda telekommunikatsiyalarni kengaytirishga sarmoya kiritmayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020-yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko’rish bo’yicha zarur topshiriq berildi.
Bugun ―Xavfsiz shahar yagona kompleksini yaratish dasturiga muvofiq loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq kameralar o’rnatish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va Situatsiya markazlarini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, ―Xavfsiz turizm, ―Xavfsiz hudud, oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirish jarayonlariga videokuzatuv hamda yo’l harakati qoidalari buzilishlarini ro’yxatga olish tizimlarini joriy etish ko’zda tutilgan. Yig’ilishda ―Xavfsiz hudud va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. O’zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan Mirzo Ulug’bek innovatsiya markazida 140 dan ortiq korxonaga rezident maqomi berilib, ularda ayni vaqtda mingdan ortiq dasturchi mutaxassis ishlamoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida eng zamonaviy texnologiyalar va ta’lim uslublari keng joriy etilmoqda. 2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, 2018–2021yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, Mirzo Ulugbek innovatsiya markazi rezidentlari tomonidan ko’rsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1.8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda ko’maklashish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obro’li ming universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi bo’lgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-o’qituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.Yig’ilishda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va buning uchun milliy kadrlar tayyorlash ishlari hali talab darajasida emasligi qayd etildi, mutasaddilarga dunyoning yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korporatsiyalar bilan tenglasha oladigan milliy operator va dasturchilarning faoliyatini takomillashtirish bo’yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.Yig’ilishda O’zbektelekom kompaniyasining ishlash samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xalqaro telefon so’zlashuvini noqonuniy amalga oshirayotgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo’llash, xalqaro tajriba asosida pochta tizimini tubdan qayta ko’rib chiqib, yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Hozirgi kunda sanoq sistemalariga asoslangan informatika fanida juda muhim rol o’ynaydi. Buyuk bobokalonimiz al-Xorazmiy o’zining “Hisob al-hind” asarida natural sonlarning o’nli sanoq sistemasida yozilishi va ular ustida qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallarini bajarish qoidalarini batafsil bayon etgan. Bu asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan va undan Yevropa universitetlarida uzoq yillar davomida asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Shu tariqa Yevropada o’nli sanoq sistemasi kirib kelgan. Yevropada al-Xorazmiy nomi Algorizmi, Algoritmi, Algoritmus tarzida qo’llanilgan. Xususan, hozirda tilimizga chuqur singib ketgan algoritm so’zi ham al-Xorazmiy nomidan olingan. Algoritm atamasining ma’nosi biror ishni bajarishning ma’lum bir ketma-ketligi yoki qoidasini anglatadi.Sanoq sistemasi(Ingliz tilida- numeral system yoki system of numeration). Kompyuter tushunadigan va shu sanoq sistemada amal olib boradigan sistema bu sir emaski ikkilik sanoq sistemasidir. Hozirgi kunda sanoq sistemalari ko’payib bormoqda, bulardan eng asosiysi 2,8,10,16 lardir.
Mavzuning dolzarbligi:BMI da o’rganib chiqilgan jihatlardan kelib chiqib LINQ texnologiyalarining masalalarni hal qilish jarayonini qulaylashtirganligi bois ta’lim dasturidagi bir qator mavzularning tushunarlilik darajasini oshiradi.
Bitiruv malakaviy ishining obekti: tiplar ustida ishlash,so’rovlar yaratish jarayonidagi obyektlar,fayllar bilan ishlashda LINQ texnologiyalari bilan bog’lanishlar.Ma’lumotlar bazasida bilan bog’lovchi operatorlar tavsifi
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: Malakaviy ish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:LINQ texnologiyasining imkoniyatlarini o’rganib,tegishli masalalarni hal qilishning algoritmlarini yaratish.
Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ishi ustida ishlash jarayonida soha miqyosidagi juda ko’p ma‘lumotlarni o’rganib oldim.Net Famework tillari doirasida LINQ texnologiyasining qo’shimcha imkoniyatlari bilan tanishib chiqdim.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi:LINQ texnologiyasining amaliy masalalarni yechishdagi samaradorligini ta`lim jarayonida o`rganilishi qamrab olingan dasturlash tillari bilan ishlashda qo`llash.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Muammoli masalalarni hal etish jarayonida LINQ texnologiyasidan foydalanilgan holatda bir qator qulayliklarni yaratish va chekli qadamlardan so’ng kutilgan natijaga erishish muhimligi.
Tadqiqot uslubi va uslubiyoti: Mavjud adabiyotlarni o’rgangan holda kerakli natijalarga erishish va ularga asoslangan holda LINQ texnologiyasining amaliy masalalarda tadbiq etilishini tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi: Ushbu bitiruv malakakaviy ishi 50 betdan iborat bo’lib, kirish, mundarija, 2 bob, 6 bo’lim, xulosaviy qismlar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan tashkil topgan.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling