Linux operatsion tizimi haqida Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba'zida gnu/Linux
Linux operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish
Download 0.88 Mb.
|
Linux operatsion tizimi haqida
Linux operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish.
Dunyoda shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlatish uchun yangi tizimlar paydo bo'lmoqda. Masalan, 2001 yilda chiqqan barchaga taniqli, mashhur "Maykrosoft" firmasining Windows XP operatsion tizimi o'rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi, hamda yangi Windows 7 tizimining yaratilishi haqidagi ma'lumotlar hammani qoyil qoldiryapti. Lekin "Maykrosoft" kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma'lum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bo'lmasa kerak, biroq ko'pchilik uchun bu mavzu notanish va qandaydir hijolatli bo'lishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez taraqqiy etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, xatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, ajoyib Farangiston o'lkada chiqayotgan "Mandriva" nomli operatsion tizimni tarqatish to'plami (distributivi) Linuks turdagi opertsion tizim bo'lib, 2003 yildan boshlab [1], o'zbek tiliga o'girilib kelmoqda. "Mandriva" asosida "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markaz"-ida yangi operatsion tizim "DOPPIX" tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini qiziqtirib, shod etmoqda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va Ommaviy axborot vositalarda bu haqida habarlar tarqatilayotgan bir vaqtda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida yetarli ravishda yoritilgan emas. Ushbu maqolada Linuks tarixi haqida ma'lumotlar ketma-ket, izchillik bilan to'planib, yetishmagan manbalarni tuldirishda xizmat qilishiga umid qilamiz. Tarixda Linuksning ikki o'tmishdoshi ma'lum, bu Yuniks(Unix) -ko'p foydalanuvchilarga mo'ljallangan operatsion tizim, hamda GNU(GNU) loyihasi. Shuning uchun bayonimizni Yuniks tizimining tarixidan boshlaymiz. Live rejimda Fedorani o'rnatish. Live rejimda ishlaganimizda Linuxni kompyuterga o'rnatmasdan ishga tushiramiz. Kompyuterni live rejimdan keyin qayta yuklagan vaqtda tizim yuklanmaydi. Agar biz live rejimdan keyin Windows tizimini yuklasak, tizim live rejimdan oldin qanday holatda turgan bo'lsa shunday holatda yuklanadi. Live rejimda ishlaganimzda Fedorani o'rnatmasdan uning qanday holatda bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Red Hat Enterprise Linux da live rejim taklif qilinmagan. Tizimni yuklash. Fedorani yuklashdan oldin, o'rnatish yoki live rejimga o'tish oynasi chiqishdan oldin, Linux hotiraga o'qilishi kerak. Ushbu jarayonga minimal RAM uchun bir necha daqiqa sarflanadi. Tizim ishga tushirilayotgan vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun 10 soniya kutib turiladi. Agar biz tizimni Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, GNOME desktop menegerni o'rnatish lozim. Qachonki biz Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatganimizda avtanom tarzda liveuser nomi ostida foydalanuvchi qayd yozuvini yaratgan holda tizimga kirib GNOME ishchi oynasi ochiladi (1.5-rasm). Agar biz Fedora KDE live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, KDE desktop menegerini o'rnatishimiz kerak bo'ladi. III. NAZARIY MATERIALLAR 28 Tizimni qattiq diska o'rnatish. O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi (1.6-rasm). 1.6-rasm. Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan til bir vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi (1.7-rasm). 1.7-rasm. Keyingi qadamda klaviatura tili tanlanadi (1.8-rasm). 1.8-rasm. Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy saqlash qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin (1.9). 1.9-rasm. Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka o'rnatamiz. Saqlash qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha qurilmalarning ro'yhati chiqadi (1.10-rasm). 1.10-rasm. Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta saqlash qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT o'rnatilishi va qaysi qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi (1.11-rasm). 1.11-rasm. Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan. Agar bizning kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi (1.12-rasm). 1.12-rasm. Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga qo'yiladigan parol esdan chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi. Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar paketi, tizimni yangilash va tizimga hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (1.13-rasm). 1.13-rasm. Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi. GRUB (Grand Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) (1.14-rasm). 1.14-rasm. Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak, GRUB odatiy holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi. Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga keladi (1.15-rasm). 1.15-rasm. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling