Liofil kolloid eritmalar


Tabiiy va sintetik yuqori molekulyar moddalar


Download 22.91 Kb.
bet2/4
Sana18.11.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1786116
1   2   3   4
Bog'liq
LIOFIL KOLLOID ERITMALAR

Tabiiy va sintetik yuqori molekulyar moddalar.
Yuqori molekulyar birikmalar va polimerlar kimyoviy tabiatiga ko‘ra organik va anorganik guruhlarga bo‘linadi. YUqori molekulyar birikmalar tarkibida (ugleroddan va N, O, S va galogenlardan tashqari) boshqa atomlar va atomlar guruhi bo‘lsa, ular elementorganik polimerlar deb ataladi. Yuqori molekulyar birikmalarda asosiy kimyoviy bog‘lanish kovalent bog‘lanish hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishi almashinish yoki donor – akseptor mexanizmida sodir bo‘ladi. donor akseptorli mexanizmda koordinatsion polimerlar hosil bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra yuqori molekulyar birikmalar yana ikkita katta guruhga bo‘linadi. Bular tabiiy yoki biopolimerlar (oqsillar, polisaxaridlar, nuklein kislotalar) va sintetik polimerlarga (polietilen, polixlorvinil, fenolformaldegid va b). Makromolekulasida tuzilish fragmentlarining joylashishiga ko‘ra yuqori molekulyar birikmalarni uch turga bo‘lish mumkin.
-chiziqli makromolekulalar ochiq zanjirli tuzilishga ega (tabiiy kauchuk) yoki bir chiziqqa tortilgan takrorlanuvchi xalqalardan (selluloza) iborat bo‘ladi; -tarmoqlangan makromolekulalar zanjirli tarmoqlangan tuzilishga ega (amilopektin); -to‘rsimon, makromolekulalar uch o‘lchamli to‘rsimon tuzilishga ega bo‘lib, ular zanjirsimon yuqori molekulyar birikmalar makromolekulalarining o‘zaro tikilishidan hosil bo‘ladi (kauchukning oltingugurt bilan vulkanlanishidan hosil bo‘lishi). Yuqori molekulyar birikmalarni sinflashning yana bir varianti ularning olinish usuliga bog‘liq. Bunday birikmalar bir xil turdagi monomer molekulalarning yoki turli monomer molekulalarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘lishiga ko‘ra gomopolimerlarga va sopolimerlarga bo‘linadi. Masalan, yuqori molekulyar birikmalarning eng oddiy vakili etilenning polimerlanishidan hosil bo‘lgan polietilen gomopolimerlar huruhiga kiradi:
nCH2=CH2 →[-CH2-CH2-]n
[-CH2-CH2-]n - polimer;
CH2=CH2 - monomer;
n – polimerlanish darajasi; Muhim ahamiyatga ega polimerlar – butadien stiriol kauchugi va fenolformaldegid smolasi va polietilentetraftalat ikki xil monomerdan hosil bo‘lgan, shu sababli ular sopolimer hisoblanadi. Polikondensasiya reaksiyalarida H2O, NH3, C2H5OH galogenvodorodlar va shu kabi quyi molekulyar moddalar hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Bayon qilingan nuqtai nazarga ko‘ra butadien stirol kauchigi polimerlanish reaksiyasi, fenol-formaldegid smolasi va polietilenterftalat polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadi. Hosil bo‘lgan mahsulotlar uchun umumlashtiruvchi nomlar qabul qilingan emas.

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling