Liofil kolloid eritmalar
Download 22.91 Kb.
|
LIOFIL KOLLOID ERITMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liofil kolloid eritmalar.
LIOFIL KOLLOID ERITMALAR. TABIIY VA SINTETIK YUQORI MOLEKULAR MODDALAR. POLIELEKTROLIT YUMB ERITMALARINING XOSSALARI REJA: Liofil kolloid eritmalar. Tabiiy va sintetik yuqori molekulyar moddalar. Polielektrolit yumb eritmalarining xossalari. Liofil kolloid eritmalar. Yuqori molekulyar birikma hisoblangan polimerlarning eritmalari kolloid kimyoda muhim o‘rinni egallaydi. XIX asrning 60-yillarigacha polimerlarning eritmalari – liofil kolloidlar hisoblanar edi. Bu davrlarda kolloid kimyoning tipik manbalari gummiarabik, kraxmal va umuman yelimga o‘xshash xossaga ega bo‘lgan moddalar edi. XIX asrning 30-yillariga kelib polimerlarning eritmalari - chin eritmalar hosil qiladi degan xulosaga kelindi. XIX asrning 80-yillarida polimerlar sharoitga va erituvchining tabiatiga qarab ham kolloid, ham chin eritmalar hosil qilishi mumkin degan xulosaga kelindi. Polimerlarning eritmalari kolloid eritmalarga o’xshab: Erituvchi almashtirilganda chin eritmadan zolga o‘tadi; Gel hosil qilish xususiyatiga ega; Broun harakatiga ega; Diffuziyalanadi; Yorug‘lik nurini sochadi; Molekulalar assosiatlarini hosil qiladi; Chin eritmalarga o’xshash xossalari: Liofillik; O‘z-o‘zidan hosil bo‘ladi; Ma‘lum sharoitlarda gomogen; Termodinamik barqaror. Polimerlar eritmalarining o’ziga xosligi: Hattoki suyultirilgan eritmalarda ham yuqori qovushqoqlikka ega; Erishidan oldin bo‘kadi; Tola va plyonka hosil qilish xususiyatiga ega Dispers sistemalarning solishtirma sirti. Liofil va liofob kolloid sistemalar Bu klassifikatsiyaya faqat suyuq dispersion muhitli sistemalar uchun ahamiyatga ega. Dispers faza dispersion muhit orasidagi ta‘sirlashuv tavsifiga ko‘ra G.Freyndlix dispers sistemalarni 2 ga bo‘lishni taklif etdi: 1) Liofob - dispersion faza dispersion muhit bilan ta‘sirlashmaydi, bularga mikrogeterogen sistemalar kiradi. Ular termodinamik beqaror bo‘ladi. Tipik liofob sistemalarga metallarning gidrozollari va ularning kam eriydigan tuzlari (Pt, Cu, Au, Ag, Hg, AgI, ZnS, CdS, HgS, As2S3, Sb2S3, Se, C) misol bo’ladi. Liofob sistemalar o‘z-o‘zidan maydalanmaydi. Ularni maydalash uchun tashqi energiya sarflanadi. 2) Liofil – dispers faza zarrachalari dispersion muhit zarrachalari bilan o‘zaro ta‘sirlashadi va ma‘lum sharoitda dispersion faza dispersion muhitda eriydi ya‘ni o‘z-o‘zidan maydalanadi. Ularga SAM (sirt faol moddalar) va YuMB eritmalari misol bo‘ladi. Liofil sistemalar termodinamik barqaror bo‘ladi. Liofil sistemalarga tabiiy YuMB lar: jelatina va boshqa oqsillar, DNK va RNK misol Download 22.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling