Liqni saqlash vazirligi andijon davlat tibbiyot instituti


Download 21.38 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1432483
  1   2
Bog'liq
Isoqov A.A. Anotatsiya


SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI

ISAQOV AZAMAT AKMALJON O’G’LI

70910701-farmatsevtik kimyo va farmakognoziya

METFORMIN SAQLOVCHI DORI VOSITALARINING TERAPEVTIK MONITORING UCHUN TAHLIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH

Magistrlik dissertatsiyasiga annotatsiya


Ilmiy rahbar: Toshkent farmaseftika instituti Farmatsevtika ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi professori, farmatsevtika va kimyo fanlari doktori(DSc) F.S. Jalilov
Andijon-2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI

Fakultet: Farmatsiya


Kafedra: Farmatsevtik fanlar



Magistratura talabasi: Isaqov A.A.


Ilmiy rahbar: DSc, prof., Jalilov F.S.

O‘quv yili: 2023-2024y

Mutaxassislik: 70910701 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya



" Metformin saqlovchi dori vositalarining terapevtik monitoring uchun tahlil usullarini ishlab chiqish" mavzusidagi dissertatsiyasiga


ANNOTATSIYASI


Tayanch so‘zlar: Metformin, terapevtik monitoring, qandli diabed, biologik suyuqlik, qon, peshob, fizik-kimyoviy tahlil usullari
Muammoning dolzarbligi. Qandli diabet kasalligi organizmda insulin yetishmasligi va qondagi glyukoza miqdorining o’zgarishi bilan kelib chiqadigan kasallikdir. Kasallikning irsiy va hayotda ortirilgan, shunibdek, insulinga bog’liq (1-toifa) va insulinga bog’liq bo’lmagan (2-toifa) turlari bilan farqlanadi. Xalqaro diabet federatsiyasi (IDF) ma’lumotiga ko’ra, dunyo bo’ylab 425 milliondan ziyod odam “Qandli diabet” kasalligidan aziyat chekmoqda va ularning aksariyati 2-toifa (According to WHO, 89 % of diabets are type 2) diabet bilan og’rigan bemorlardir. O’zbekistonda qandli diabet bilan og’rigan bemorlar soni 245 mingdan ko’proq bo’lib, ulardan 2,3 mingdan ko’pi bolalar, 879 nafari esa o’smirlardir. Ammo, amalda bu raqamlar ikki barobar ko’p bo’lishi mumkin va yashash sharoitining zamonaviylashuvi natijasida o’zgarishi qolaversa sog’lom turmush tarziga rioya qilmaslik oqibatida bu raqamlar yildan yilga keskin ortib bormoqda. Aksariyat hollarda diabet insonlar kasallikni maxsus tekshirgandagina bilishadi.
Ikkinch toifa bemorlarda insulin normal holatda sintez qilinadi, ammo, hujayralarning insulinga nisbatan sezuvchanligi kamayib ketishi natijasida qondagi glyukozani o’zlashtira olmaydi. Bunday bemorlarga hujayralarning insulinga nisbatan sezuvchanligini oshiruvchi va qondagi glyukoza miqdorini normallashtiruvch preparatlar buyuriladi. Dunyo bo’yicha keng tarqalgan va yuqori samaradorligi qolaversa iqtisodiy qulay bo’lgan preparat bu-metformindir.
Metformin preparatlari bilan yaxshi terapevtik samaradorlikka erishish uchun uning farmakodinamikasi va farmakokinetikasini bilish va terapevtik monitoring uchun tahlil usullarini ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi. Qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarning qariyb 89 % 2-toifa ekanligini hisobga olsak tarkibida metformin saqlovchi preparatlarining terapevtik monitoring uchun tahlil usullarini ishlab chiqish orqali ushbu kasallik bilan tog’ri kurashish usullarini ishlab chiqa olamiz deb ayta olamiz.
Bemorlarni dori vositalari bilan davolashda, eng asosiy vazifalardan biri, ta’sir qilish joyida dori vositasining optimal konsentratsiyasini saqlab turishdan ya’ni farmakoterapiyani optimallashtirishdan iborat. Bu asosan tor terapevtik doiraga ega preparatlar masalan antibiotiklar, antiaritmik dori vositalari, siklosporinlar, antikonvulsantlar, psixotrop vositalar va shu kabilarga taalluqli. Bu muammo dori vositalarining terapevtik monitoringi yordamida echiladi.
Terapevtik chegaralarni bilish ko‘p hollarda shifokorning dori vositasini qabul qilishning optimal tizimlarini tanlash vazifasini engillashtiradi.
Hozirgi kunda Diabetga qarshi dori vositalari bilan davolashda ularning samarali ta’sirini orttirish maqsadida terapevtik monitoring qilib, bemorlarni individual doza orqali samarali davolash mumkinligini zamonaviy ilm fan isbotlamoqda. Bu esa ushbu dori vositalarining DVTM uchun yaroqli bo‘lgan zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling