O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 28.27 Kb.
bet1/5
Sana26.12.2022
Hajmi28.27 Kb.
#1066953
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Raimov Shamshod annotatsiya (2 tilda) Word


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BЕK NOMIDAGI O‘ZBЕKISTON MILLIY UNIVЕRSITЕTI





Fakultet: Iqtisodiyot

Magistratura talabasi:
Raimov Sh.I

Kafedra: “Iqtisodiyot nazariyasi”

Ilmiy rahbar:
i.f.n., prof. Muminov N.G

O‘quv yili: 2020 - 2022 yy.

Mutaxassisligi:
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”

MAHALLIY BUDJETLARNING DAROMAD BAZASINI BARQARORLASHTIRISH YO‘LLARI” MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYA
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo mamlakatlarining budjet tizimi davlatning tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqib, federal davlatlarda uch bo‘g‘inli va unitar davlatlarda ikki bo‘g‘inli budjet tizimiga bo‘linadi. Soliqlar davlat (federal), mintaqaviy (shtat) va mahalliy (munitsipal) budjetlarga taqsimlanadi. Dunyoning iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarida davlat budjeti daromadlari qismida mulk,ko‘chmas mulklar va yerdan olinadigan soliqlar asosiy ulushni tashkil qiladi. Xususan, iqtisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (OECD) mamlakatlari YaIMdagi ulushi 0,9-1 foizni hamda soliq tushumlari tarkibida 3-11 foizni tashkil etadi. Soliq tushumlari tarkibida ko‘chmas mulk solig‘i Buyuk Britaniya, 8,9 foiz AQSHda 10,2 foiz va Kanadada 8,2 foizni tashkil etadi. Ko‘chmas mulk solig‘i 140 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda joriy qilingan bo‘lib, Frantsiyada 25 foiz, Germaniyada 15 foiz, AQSHda mahalliy budjetning 40 foizi, Kanada va Avstraliyada 80 foizini tashkil etadi hamda mahalliy budjetning asosiy daromad manbai hisoblanadi1. Ko‘chmas mulk solig‘i Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya Norvegiya, Buyuk Britaniya va Koreyada federal va mahalliy budjetga, shuningdek Avstriya, Kanada, Meksika, Shvetsariya, AQSH va Avstraliya mamlakatlarida mintaqaviy yoki mahalliy budjetga taqsimlanadi.
Hozirgi globallashuv sharoitida xorijiy mamlakatlarda soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali budjet daromadlar bazasini oshirish va uning shaffofligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra, bugungi kunda mahalliy budjetni yuqori budjetga qaramligini kamaytirish, ko‘chmas mulklar bozor qiymatini aniqlash uslubini rivojlantirish orqali quyi budjetning daromadlar bazasini barqarorlashtirish, soliq-budjet siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va mahalliy soliqlarni hisoblash mexanizmlariini takomillashtirish kabi sohalarda ilmiy tadqiqotlarga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-sonli “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi2, 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Solik ma’muriyatchiligini tubdan takomillagatirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillash-tirish kontseptsiyasi to‘g‘risida”gi, 2020-yil 7-sentyabrdagi PF-6061-son “Er hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi3, 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-son “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”4gi farmonlari hamda ushbu sohaga oid boshqa normativ hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshipishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-sonli “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Solik ma’muriyatchiligini tubdan takomillagatirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-sonli “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to‘g‘risida”gi, 2020-yil 7-sentyabrdagi PF-6061-sonli “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlari

Download 28.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling