O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ishning maqsadi va vazifalari
Download 28.27 Kb.
|
Raimov Shamshod annotatsiya (2 tilda) Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti
- Tadqiqot uslubiyati va uslublari
- Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi
Ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi mahalliy budjetlarning daromad bazasini barqarorlashtirishda biriktirilgan soliqlar rolini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ishning vazifalari mahalliy budjetlarning daromad bazasi tarkibi, shakllanish manbalari va ularning iqtisodiy mohiyatining sabablarini o‘rganish va tegishli xulosalar berish; mahalliy budjetlarning daromad manbalarining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish; mahalliy budjetlarning daromad ko‘chmas mulk solig‘i va boshqa yig‘imlarni joriy etishning nazariy-huquqiy asoslarini o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish; soliq solish maqsadida ko‘chmas mulklarni baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish; mahalliy budjetlarning daromad tarkibidagi biriktirilgan soliqlarning amaldagi holatiga baho berish; ko‘chmas mulkni soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari va ulardan O‘zbekistonda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish; mahalliy budjetlarning daromad bazasini barqarorlashtirishning amaldagi holati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqotning ob’ekti sifatida mahalliy budjet daromadlari tarkibidagi biriktirilgan soliqlar va ularning hisoblash mexanizmi olingan. Tadqiqotning predmeti Mahalliy budjetga biriktirilgan soliqlarni undirish va ko‘chmas mulk ob’ektlarini soliqqa tortishda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar tashkil etadi. Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Tadqiqot jarayonida iqtisodiy, tizimli tahlil, mantiqiy, ilmiy abstraktsiyalash, qiyosiy tahlil, monografik tadqiqot, dinamikada o‘rganish, ma’lumotlarni guruhlash, induktsiya va deduktsiya hamda statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Ilmiy ish yuzasidan olib boriladigan tadqiqot natijasida quyidagi ilmiy yangiliklar olingan: - Mahalliy byudjetlarning daromad manbasini shakllantirish va mustahkamlashda soliqlarning ahamiyatini oshirish va barqarorlashtirish yo‘llari ishlab chiqildi. Mahalliy budjetlarning daromad manbasini shakllantirishga qaratilgan chora tadbirlar tizimini ishlab chiqildi. O‘zbekistonda “mahalliy byudjetlarning daromad bazasini barqarorlashtirish yo‘llari”ni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi Mahally byudjetlarnind daromad bazasini barqarorlashtirishda jahon tajribalarini o‘rganib, O‘zbekistonda uni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Download 28.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling