Lirik chekinish
Download 128.55 Kb.
|
Kitobxonlik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi
- Tushunarlilik
4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to’g’ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan badiiy va hayotiy manzaralarni o’quvchilar aniq tasavvur qilishlari
uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, qahramonlar tashqi ko’rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So’z bilan tasvirlashda so’zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o’quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Badiiy matnni tasvirlash ishlaridan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanishi mumkin. Boshlang’ich adabiy ta‘limda tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalanish mumkin: o’qituvchi matnning ma‘lum qismidan o’quvchilarga juda ma‘qul bo’lgan manzarani so’z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so’zini tanlashni hamda turli tabiat manzaralarini, qahramonlar tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Grafik tasvirlash ham ancha murakkab ish turlaridan biri bo’lib undan xos o’quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida foydalanish mumkin. Buning uchun o’quvchilar tasvirlanadigan matndan ma‘lum bir qismni ajratib oladilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar, mazmunini o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o’quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma‘nolar bo’yicha suhbat o’tkazish maqsadgu muvofiqdir. Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 1. Matn mazmuni yuzasidan savollarga javob berish. 2. Hikoya matni asosidagi topshiriqlarni bajarish. 3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi. 4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish. 6. Har bir qismga sarlavha topish. 7. Hikoyaga reja tuzish. 8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash). 9. Reja asosida bayon yozish. Tushunarlilik – yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligini nazarda tutadi. Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qahramonlar shaxsining xulq- atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga savol tuzdirish ham foydadan holi bo’lmaydi. Bu usul kichik o’quvchilarga juda yoqadi va ularning ish faoliyatini jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda yordam beradi. Download 128.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling