QASIDA.
Shohlar, amirlar, mashhur kishilar, tarixiy voqealarga bag’ishlangan maqtovli va dabdabali xarakterga ega| bo‘lgan she’rga qasida deyiladi. Uning baytlar miqdori cheklanmaydi. «Qasida» arabcha «qasd» so'zidan olingan bo‘lib, «maqsad», «niyat», «biror ishga qasd qilish» kabi ma’nolarni bildiradi. Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo'lmaydi.
Qаsidа g’аzаl, аsоsаn, tipidа (а-а, b-а, v-a...), bа’zаn masnaviy shaklida (a-a, b-b, d-d, e-e...) qofiyalanadi, lеkin g’аzаldаn fаrqli o’lаrоq hаjm jihаtidаn chеklаnmаgаn bo’lib, undа tахаllus kеltirish shаrt hisоblаnmаydi. Kimnidir yoki nimаnidir mаdh etish mаqsаdi ustuvоr bo’lgаni uchun, qаsidа, оdаtdа, ko’tаrinki, tаntаnаvоr uslubdа, bаlаnd pаrdаlаrdа yozilаdi. Mumtоz shе’riyatdа qаsidаning kоmpоziцiyasigа qo’yiluvchi tаlаblаr ishlаb chiqilgаn. Ungа ko’rа, qаsidа, kirish , tа’rif jоyi, оb’еktining bаyoni, mаqtаluvchi hаqigа duо vа shоir niyati kаbi qismlаrdаn ibоrаt bo’lаdi.
Adabiyotimizda A.Navoiyning «Hiloliya» qasidasi sulton Husayn Boyqaroga, Ogahiyning «Ogohnoma», «Qasidai nasihat» (bu qasida o’zbek adabiyotidagi birinchi siyosiy-didaktik she’r hisoblanadi) qasidalari Muhammad Rahimxon II – Feruzga bag‘ishlangan. Sakkokiy U 11 ta qasida yozgan. Shundan 4 tasi esa Mirzo UIug‘bekka bag‘ishlangan.
Qasida g'arb adabiyotidagi oda (yun. «qo‘shiq»)ga mos keladi. Bugungi kunda qasida janrining mavzu doirasi kengaygan bo’lib vatan, el, xalqqa va boshqa mavzularda ham yozilishi mumkin. Masalan: M.Shayxzodaning «Toshkеntnoma», E.Vohidovning «O’zbеgim», A.Oripovning «O’zbеkiston» qasidalari bor.
QIT’A
Qit’a - musulmon Sharqi, jumladan, o‘zbek mumtoz she’riyatining lirik janrlaridan biri. «Qit’a» arabcha so’z bo’lib, «kesik», «qism», «bo’lak», «parcha» degan ma’noni bildiradi. Uni matla’si yo’q g’azalga o’xshatish mumkin. Bu janrda aruzning hamma vaznlari qo’llaniladi, u g’azalning o’rtadagi bir necha baytini yulib olinganga o’xshaydi. Aslida, juft misralari qofiyalanib, toq misrali ochiq qoladigan, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, odob-axloq mavzularidagi she’r qit’adir. U ikki baytdan 20-30 baytgacha hajmda bo’lishi mumkin. Ko’pincha to’rt misra (ikki bayt)dan tashkil topadi. Qit’a ikki xil bo’ladi: birinchi xili mustaqil asar shaklida yaratilgan, ikkinchi xili esa g’azal, qasida, tarje’band kabi boshqa janrdagi she’rlar tarkibidan ajratib olish tarzida yaratilgan.
O’zbek adabiyotida qit’aning ilk namunalari Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu luglatit turk» asarida, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy ijodida uchraydi. Biroq Alisher Navoiy bu janrning yetuk namunalarini yaratib, o‘zbek qit’achiligini yuksak pog’onalarga ko‘tardi. «Xazoyin ul-maoniy»dagi to‘rt devonda jami 210 ta qit’a mavjud. Ulaming devonlardagi miqdori quyidagicha:
«G‘aroyib us-sig‘ar»da - 50 ta;
«Navodir ush-shabob»da - 50 ta;
«Badoe5 ul-vasat»da - 60 ta;
«Favoyid ul-kibanda» - 50 ta.
Do'stlaringiz bilan baham: |