Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)


Masnaviyning qofiyalanishi


Download 199 Kb.
bet7/14
Sana09.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1473803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ШЕЪРИЙ Жанрлар

Masnaviyning qofiyalanishi: a-a, b-b, d-d.…..
Fors tilidagi masnaviylarning ilk yirik namunasi Firdavsiyning «Shohnoma»si bo’lib, turkiy adabiyotidagi dastlabki masnaviy yo’li bilan yaratilib, bizgacha to’la holda saqlangan asar esa Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostonidir.
Masnaviy o’rta asr mumtoz adabiyotimizda eng ko’p qo’llangan. Turli mаvzulаrdаn bахs yurituvchi yoki vоqеаbаnd хаrаktеrdаgi o’rtа hаjmli ko’plаb shе’rlаr hаm mаsnаviy shаklidа yozilgаn. Mаsаlаn, «Xamsa»lar, M.Solih «Shayboniynoma», Muqumiy «Tanobchilar», Furqat «Ilm hosiyati», Furqаtning «Ilm хоsiyati», «Аkt mаjlisi хususidа», «Vistаvkа хususidа», «Suvоrоv», «Sаbоgа хitоb» vа bоshqа аsаrlаr.
Yangi dаvr o’zbеk shе’riyatidа hаm mаsnаviy shаklidа shе’r bitish аn’аnаsi dаvоm ettirildi. Mаsаlаn, А.Оripоv. «Mаymuniyat», «Ko’ngil»; E.Vоhidоv. «Оg’rikli sаvоllаr» dоstоni vа bоshqаlаr.
Muqimiyning «Tаnоbchilаr» аsаridаn оlingаn quyidаgi pаrchа аsоsidа mаsnаviy tuzilishini аniqrоq ko’rish mumkin:
Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,-а
Arz etayin emdi yozib nomalar.-а
Adl1 qulog‘i-la eshit holimi, -v
Zulm qilur, baski, menga zolimi.-v
O‘n iki oyda keladur bir tanob2 ,-s
O‘zgalara rohat-u menga azob -s
Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav, -d Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav. –d (аdl-аdоlаt; tаnоb- аrqоn, o’lchоv birligi)


G‘AZAL
G‘azal - musulmon Sharq xalqlari adabiyotlarida eng ko‘p tarqalgan lirik janr.
Mumtoz she’riyatda har bir ijodkorning maqomi, o’rni, dovrug’i uning g'azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan.
G‘azal arabcha so‘z bo’lib «oshiqona so’z» yoki «xotin-qizlar bilan yoqimli muomalada bo'lish» degan ma’nolarni ifoda etadi.
Bu janr dastlab arab she’riyatida milodiy VI-VII asrlarda paydo boiib, keyinchalik boshqa Sharq xalqlari so‘z san’atiga ham o‘tgan. XIII-XIV asrlarga kelib she’ming bu turi to‘la shakllangan va mukammal holga yetgan.G’аzаlning turkiy tildаgi dаslаbki nаmunаlаrini Хоrаzmiy vа Rаbg’uziy ijоdidа uchrаtish mumkin. Turkiy аdаbiyotdаgi g’аzаlning ilk nаmunаsini Rаbguziy yarаtgаn. Lеkin uning mukаmmаl ko’rinishi Хоrаzmiyning «Muhаbbаtnоmа» аsаridа kеltirilgаn.
G’azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari bo‘yicha bir necha talab va o‘ziga xoslik bor.
Avvalo, g‘azallar ko‘pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo ma’no-mazmun jihatidan Allohni maqtashga (hamd), Muham­mad payg‘ambar(s. a. v.) ni ta’riflashga (na’t) bag’shlangan, rindona (may va mayxona bilan bog‘liq tasvirlarga asoslangan), orifona (pand-nasihat ruhidagi), tabiat go’zalliklaridan zavqlanish asosidagi (peyzaj) va boshqa mazmunlarda yozilgan g‘azallar ham mavjud. Shuning uchun shoirlar bu janr namunalarida odam va olam, tabiat va jamiyatning turli-tuman murakkab tomonlarini ham yoritishga harakat qilgan.
Hajmi 3 baytdan 19, hatto, 27 baytgacha bo'lgan gazallar uchraydi. O’zbek adabiyotida 5 baytdan 21 baytgacha bo’lgan g’azallar bor. Biroq Navoiy va boshqa ko’p shoirlarimiz ijodida, asosan, bu janrning 7 va 9 baytli namunalariga duch kelamiz. Shu miqdor eng mukammal hajm deb qabul qilinadi.
Bir g‘azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. Garchi Navoiy ijodida aruzning turli bahrlarida yozilgan g‘azallar uchrasa ham, o‘zbek shoirlari g‘azallarining ko‘pchiligi, asosan, ramal, bir qismi esa hazaj bahrida bitilgan. Boshqa bahrlarda juda kam yozilgan.
G‘azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. Misralar aa, ba, da, ea, fa va hokazo tarzda qofiyalanadi.
G‘azal baytlari - nisbiy ma’noda mustaqillikka ega. Ya’ni har bir bayt irnkon qadar til talablari bo‘yicha tugallangan alohida jumladan iborat bo‘lishi, umumiy matndan yulib olib o’qiganda ham tugal ma’no-mazmunni anglatishi lozim. G‘azallar, baytlar mustaqilligi, ya’ni qo‘shmisralarning o‘zaro bogiiqligi, manti- qiy ketma-ketligi va bir-birini taqozo etishi darajasiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo’linadi:


  1. Download 199 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling