Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)


Download 199 Kb.
bet3/14
Sana09.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1473803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ШЕЪРИЙ Жанрлар

5. Qofiya аrabcha ergashish, izidan borish degan ma’nolarni anglatadi. Adabiyotshunoslik istilohi (termini) sifatida u she’riy misralarning muayyan o‘rnida o‘zaro ohangdosh so‘z yoki so‘zlarning izchil takrorlanib kelishini anglatadi. Qofiyaga olingan so'z yoki so‘zlar o‘zak bilan o‘zak yoxud qo‘shimcha bilan qo‘shimcha o‘rtasida yuzaga keladi. Qofiyani belgilash uchun alifbedagi kichik harflar shartli belgi sifatida qabul qilingan.
Ozbek mumtoz she’riyatida qofiyaning tartibi janr tabiatidan kelib chiqadi. Masalan, masnaviyda faqat ikki misra o‘zaro qofiyalashadi. Shuning uchun bunda har bir bayt alohida-alohida qofiyaga ega bo‘ladi. Mabodo, ketma-ket ikki bayt qofi yalari bir-biriga ohangdosh boiib kelganda ham ular alohida- alohida qofiyalar hisoblanadi. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin»ida ketma-ket kelgan mana bu baytlarda, alohida-alohida ikki qofiya bor, deb hisoblanadi:
Ko‘p o‘lsa mehribon xudkomlig‘din, El ichra vahm etib badnomlig‘din.
Vale chun bilmish erdi ishq pokin,
Bu yanglig‘ ishq aro dardi halokin, -
baytlari qofiyalaridagi to‘rt so”z («xudkomlig'din - badnomlig'din», «pokin - halokin») o‘zaro ohangdosh bo‘lgani bilan bu yerda ikkita alohida-alohida qofiya ishlatilgan. Keyingi baytning qofiyasi birinchi baytning qofiyasiga bog‘liq emas. Ya’ni shoir keyingi baytni tamoman boshqa qofiya bilan yozaverishi mumkin edi.
G‘azalda qofiya aa, ba, da, ea, fa va hokazo tarzda davom etadi. Qit’ada esa g‘azalning matla’sidagi kabi juft qofiyali bayt bo‘lmaydi. Shuning uchun uning qofiyalari ab, vd, eb, fb va hokazo tarzda davom ctadi. Ruboiy va tuyuqning aaaa yoki aaba tarzda, ya’ni ikki xil qofiyalanish inikoni bor.
Mumtoz adabiyotshunosligimizda qofiya qoidalarini o‘rganadigan soha «ilmi qofiya» deb yuritilgan.


Raviy bilan tugallangan qofiyalami muqayyad deb, raviydan keyin harfiar kelgan qofivalarni mudaq qofiya deb atash qabul qilingan. Muintoz she’r ilmiga ko‘ra raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga ehiqishlar ham kuzatiladi. Uvaysiyning «Kun va tun» chistonida ham shu holatni ko‘ramiz. «Ko‘rmagan» - «sig‘magan» qofiyasidagi raviy («p» tovushi) o‘zakda emas, qo‘shimchaning tarkibida joylashgan.
Eslab qolish kerakki, «lola - piyola», «banda - xanda» kabi qofiyalarda «а» unlisi emas, balki «1» hamda «d» undoshlari raviy hisoblanadi. So‘zdagi cho‘ziq unlilargina raviy bo‘la oladi. Qisqa unlilar raviy bo‘lolmaydi. Masalan, shoiraning «Uvaysiyman» radifli g‘azalida «mubtalo», «oshno», «muddao», «mosivo» so‘zlaridagi «о» unlisi raviydir.


Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling