Qofiyalanishi: b-a, d-a.
Misol:
KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN IZHORI MALOLAT
Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih Erur hammomdin pоrоk chiqmoq.
«G'aroyib us-sig‘ar»ning IO-qit’asi.
Kamol et kasbkim so‘zlari kamolga yetishni о ‘zingga kasb qilib olt deyilyapti.
Demak, qit’ada shoir kishilami o‘zini har taraflama o‘stirishga undaydi. Hatto, bu umming bosh mazmuni darajasidagi masala qilib qo‘yilgan. Alisher Navoiy hammomga kirib, pоrоk chiqish qanchalar mantiqsiz bo‘lsa, dunyoga kelib, kamolga yetmay o‘tish ham shunchalar bema’nilik ekanini ochiq-oydin aytgan-qo‘ygan.
Misol:
Ulki, iflosdin ayog‘inda
Kafsh yo‘li azmi chog‘i yo‘qtur oning,
Shukr qildik1 boqib birav sori, - Ki yururg‘a ayog‘i yo‘qtur oning. (A.Navoiy)
«Badoye' ul-vasat»ning 41-qit 'asi
Bu qit’ada оyoqqa kiyishga kavushi yo'q kishi kavush kiyish uchun ovog'i borligiga shukr qilsin, unga shu vojib (lozim), dcgan g‘oya ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |