Lirik va epik she'rlar bilan tanishtirish usullari she'riy janrlar Badiiy adabiyotning Lirik
Download 33.44 Kb.
|
LIRIK VA EPIK SHE\'RLAR BILAN TANISHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Soz sanati"
- Aristotel
- Liro-epik tur
LIRIK VA EPIK SHE'RLAR BILAN TANISHTIRISH USULLARI She'riy janrlar Badiiy adabiyotning Lirik turiga mansub. Badiiy adabiyot ham san'atning bir turi hisoblanadi. Hayotni aks ettirishda rassom uchun rang, bastakor uchun ohang, haykaltarosh uchun marmar, yozuvchi, shoir, dramaturg uchun so'z asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun Badiiy adabiyot "So'z san'ati" deyiladi. Badiiy adabiyotning o'rganadigan obyekti Hayot, yanada aniqroq aytganda Inson. Insoniyat paydo bo'lgandan to shu vaqtga qadar yuzlab tilda yaratilgan butun og'zaki va yozma adabiyot 3 turga bo'linadi: 1.Epos (Epik tur) 2.Lirika (Lirik tur) 3.Dramaturgiya (Dramatik tur) Bu 3 adabiy turni "Hayotni so'z orqali aks ettirishning 3 yo'li" deb hisoblash mumkin. (Badiiy adabiyotni Aristotel o'zining "Poetika" asarida tur va janrlarga bo'lgan). Voqe'likni so'z orqali badiiy yo'sinda tasvirlashning qandaydir bir yangi - 4- yo'lini insoniyat kashf etgani yo'q. Lekin bitta qorishiq adabiy tur bor. U lirika va epik tur xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Biz buni Liro-epik tur deb ataymiz. Bunga yozma adabiyotdagi doston, she'riy hikoya, she'riy qissa, she'riy roman, xalq ertaklari asosida shoirlar tomonidan she'riy yo'l bilan yaratilgan adabiy ertaklar kiradi (Hamid Olimjon "Semurg' yoki Parizod Bunyod", "Oygul bilan Baxtiyor"; Pushkin "Shoh sulton haqida ertak", "Oltin baliq va baliqchi chol haqida ertak"...) Lirik tur Lirikada, asosan, 1 shaxsning - lirik qahramonning ichki kechinmalari, muhabbat va nafrati, sog'inch va iztiroblari, orzu va armonlari, dard-u g'amlari, tuyg'ularga chulg'angan fikr o'ylari aks ettiriladi. Lirikada bu his-tuyg'ular boshqa adabiy turlarga nisbatta chuqurroq aks ettiriladi. Lirik turga mansub janrlarni shartli ravishda 3 guruhga bo'lish mumkin: I Qat'iy vaznda yoziladigan janrlar: 1.Tuyuq 2.Ruboiy 3.Mustazod 4.Sayohatnoma II O'zining qat'iy vazniga ega bo'lmagan janrlar: 1.Fard 2.Qit'a 3.G'azal 4.Masnaviy 5.Murabba 6.Muxammas 7.Musaddas 8.Musabba' 9.Musamman 10.Muashhar 11.Qasida 12.Muammo 13.Chiston (Lug'z) 14.Ta'rix 15.Tarje'band 16.Tarkiband 17.Marsiya 18.Soqiynoma Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling