"Lison ut-tayr" Alisher Navoiyning umrining so‘nggi pallasida, 1499-yilda yozilgan yirik irfoniy doston bo‘lib, hajman


Download 12.28 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi12.28 Kb.
#1581054
Bog'liq
Lison ut shuxrat domlaga


“Lison ut-tayr” Alisher Navoiyning umrining so‘nggi pallasida, 1499-yilda yozilgan yirik irfoniy doston bo‘lib, hajman
193 bob, 3666 baytdan iborat.

Dostonning yozilishi sababi


haqidagi bobda berilishicha, bolaligida ustozi yosh Alisherga
Qur’oni karim suralarini yodlatish barobarida zehni tez va tab’i
ravon bo'lishi uchun “Guliston” , “Bo'ston” , “Mantiq ut-tayr”
kabi kitoblarni ham o'qitib turgan. Bularning or^ida ayniqsa,
“Mantiq ut-tayr” bo‘lajak shoirga qattiq ta’sir qilib, xayolchan
va odamovi bo‘lib qoladi.

“Lison ut-tayr” murakkab irfoniy doston bo‘lib, unda Navoiy


majoziy obrazlar va ularning ramzli sarguzashtlari orqali obyektiv
borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini bayon etadi.

Doston an’anaga muvofiq muqaddimaviy boblar


bilan boshlanadi. Muqaddima 13 bobdan iborat bo‘lib, uning
dastlabki bobi Alloh hamdiga bag'ishlangan.

1-bobda Navoiyning tabiat va ilohiyotning bir butunligi (vahdat ul-vujud) nazariyasiga asoslangan konsepsiyasi ham


o‘zining qisqacha poetik ifodasini topgan.

Dostonning 2-bobi munojotni o‘z ichiga oladi. Bobda o‘tgan


umrini sarhisob qilgan buyuk mutafakkirning o‘z-o‘zini taftish
etishi, Yaratgan qoshida o‘zini behad gunohkor deb hisoblashi
bilan bog‘liq fikrlar keltirib o‘tilgan.

“Lison ut-tayr”ning 3-4-boblari payg‘ambar Rasuli akram


madhi va me’roj tuni ta’rifini o‘z ichiga oladi.

Dostonning 5—12-boblari to‘rt xalifa - chahoryorlar tavsifiga bag'ishlangan. Navoiy dastlab har bir xalifaga ta’rif beradi,


ular sajiyasiga xos eng muhim nuqtalar bilan kitobxonni tanishtiradi, so'ngra chahoryorlar hayotidan muayyan voqea aks
etgan hikoyatni keltiradi.

Hazrat Abu Bakr Siddiqning sadoqati,


Umar Foruqning adolati, Usmon Zinnuraynning halimligi va
hayosi, Ali Murtazoning shijoati go'zal badiiy vositalar bilan
ko'tarinki ruhda vasf etiladi, bu xalifalar islom olamining
dastlabki arkoni davlati yoki oxirzamon payg‘ambarining yaqin kishilari bo‘lganliklari uchungina emas, balki axloq, ilm,
dunyoqarash va e’tiqodi bilan barchaga o‘rnak va namuna,
payg‘ambarimiz ishining haqiqiy davomchilari ekanliklari bilan
yuksak sharafga erishganliklari alohida ta’kidlanadi.

Dostonning o‘n uchinchi bobi buyuk forsigo'y adib Farididdin Attor madhiga bag'ishlangan. Navoiy so‘z o‘yini vositasida


shoir taxallusiga majoziy nisbat berib, butun olamda boyliklar,
dengiz va konlardagi dur-u gavharlar qancha bo‘lsa undan yuzlab marotaba ко‘prog‘i Attor do‘konida mavjudligini aytadi:
Har ne gardun bahr ila konida bor,
Oncha yuz Attor do'konida bor.

Dostonning asosiy qismi bosh qoliplovchi qissa: jahondagi


barcha qushlarning yig‘ilib, martaba va fazilatlariga ko‘ra
joy talashish voqeasidan boshlanadi.
Hudhud To'ti, Bulbul, Qumri, Kaklik, Tazarv, Durroj, Kabutar, Shohboz (qirg'iy), Shunqor kabi qushlar bilan individual
ravishda suhbat qurar ekan, u bilan Simurg'ni bog‘lab turgan
rishtadan gap boshlaydi va ana o‘sha rishta tufayli ularning Simurg‘ga aloqadorligini, uning visoliga qarab intilish
darkorligini targ‘ib qiladi.

Dostondagi voqealar davomida Hudhud asl manzilga yetish


uchun yetti vodiyni bosib o‘tish kerakligini aytadi. Dostonda
qushlar bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan ushbu vodiylar
Talab
Ishq
Ma’rifat
Istig‘no
Tavhid
Hayrat
Faqr-u Fano vodiylari
tasavvuf yo'liga kirgan solik riyozat chekib bosib o'tishi lozim
bo'lgan tariqat maqomining yetti bosqichidir.

Aslida, qushlarning endi Simurg‘ni izlashi behuda edi.


Ularning o‘zi o'sha Simurg‘ning zarrasi, uning zuhuri edi.
Qushlar ne mashaqqat bilan kelgan manzillari - Simurg‘ asli
o‘zlari ekanliklarini, bu safar sadafning gavhar bo‘lmog‘i uchun - dunyo-yu nafs mayllaridan kechib, Haqiqiy o'zlikni topish uchun bo'lganligini anglab yetadilar.

Dostonning syujeti majoziy bo'lgani kabi, undagi timsollar


ham majoziydir. Simurg‘ - Haqqa yetishish timsoli, Hudhud -
murshid, piri komil ramzi, qushlar - tariqat yo'liga kirishga
otlangan soliklardir. Navoiy Simurg'ni eng oliy borliq deb e’tirof
etar ekan, Xudoni olamdan tashqarida emas, balki shu olamning o'zida, butun koinot va mavjudotda mujassamlashgan, har
bir kimsa va narsada zuhur etgan oliy moya - substansiya deb
tushunadi.

Dostonning yakunlovchi 193-bobi “Bu nazm tarixi guftori


va o'zining aste’fo va istig‘fori” deb nomlanib, unda muallif
o‘z kitobxonidan ruhiga duo umid qilib, duogo‘y kitobxonining
barcha niyatlari ham Yaratgan tomonidan ijobat bo'lishini so‘rab
duo qiladi.
Asar:
Har parishon so‘zki yozdim, yo Karim ,
Barchadin astag‘firillo, al-Azim ,
degan bayt bilan yakunlanadi.


"Lison ut-tayr"- irfoniy asar namunasi sifatida
Download 12.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling