Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida
So‘z-gaplar, undalmalar, predikativli(xususiy subyektli) kengaygan birikmalar
Download 61.61 Kb.
|
Lisoniy sintaktik qolip
So‘z-gaplar, undalmalar, predikativli(xususiy subyektli) kengaygan birikmalar.
O‘zbek formal tilshunosligida so‘z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o‘rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo‘lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gaplarning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo‘lishi shart va zarurligi e’tirof etildi. Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so‘zlardan, yordamchi so‘zlardan, sodda yoxud qo‘shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1) mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi; 2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi; 3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish belgisi; 4)bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi. So‘z-gaplar deganda shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma’no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo‘la oladi, chunki kesimlik shakllari ma’no va munosabatlari so‘z-gaplarning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. Demak, so‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun bu so‘zlarga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gaplar atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda leksik birlik ham so‘z, ham gapdir. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi f a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi Download 61.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling