Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida


Download 61.61 Kb.
bet12/19
Sana17.02.2023
Hajmi61.61 Kb.
#1208266
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Lisoniy sintaktik qolip

Gapning aktual bo‘linishi.

So‘z-gaplar o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar. 2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so‘zlar. 4.Taklif/ishora so‘zlar.


So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalab keladigan so‘zlar modal so‘zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘zlar misol bo‘ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o‘rganilgan.
Kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so‘z-gaplarning ko‘rinishi undov so‘zlardir. His-tuyg‘u undovlariga oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin kabi so‘zlar, buyruq -xitob undovlariga pisht, beh -beh , pish-pish, chuh kabi xitob so‘zlar kiradi.
So‘z-gaplarning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq /inkor so‘zlar ko‘pincha modallar tarkibida o‘rganilgan. Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p so‘zlari tasdiqni, yo‘q , mutlaqo, aslo, sira so‘zlari inkorni ifodalovchi so‘z-gaplardir.
Taklif/ishora so‘zlarga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ma, mang, qani, marhamat so‘zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
So‘z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, so‘zsiz, tabiiy so‘zlari sifatdan, albatta ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, har qalay, har holda modal so‘zlari so‘z birikmalaridan, nasib bo‘lsa, xudo xohlasa kabilar gaplardan kelib chiqqan.
Sof so‘z-gaplarga albatta, alhamdulilloh ; eh , h oy, oh , o‘h ; ha,yo‘q , mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq /inkor, taklif/ishora so‘zlari mansubdir. O‘zbek sistеm tilshunosli-gida so‘z-gaplar [W]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, [W]-lashayot-gan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq /inkorlasha-yotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [W]-simon (modalsimon, undovsimоn, tasdiq/inkorsimоn) so‘zlar va ular nutqiy voqelanish-lari mufassal o‘rganilgan.
[W]-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘zlar o‘z semantik-funk-sional xususiyatlari bilan har xil guruhning markaziy leksemalariga juda yaqin turadi, lekin o‘ z a l o q a s i n i b o sh q a s o‘ z t u r k u m l a r i d a n t o‘ l a – t o‘ k i s u z m a g a n b o‘ l a d i. Chunonchi, modallashgan so‘zlarga chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan so‘zlarga ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘zlarga bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so‘zlarga qani kabi leksemalar misol bo‘ladi.



Download 61.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling