Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida
LSQning UGMsi, shakliy va mazmuniy tomonlari
Download 61.61 Kb.
|
Lisoniy sintaktik qolip
LSQning UGMsi, shakliy va mazmuniy tomonlari.
LSQ tushunchasi. Fonetika, leksika va morfologiyada bo’lganligi kabi sintaksisda ham lisoniy va nutqiy jihatlar farqlanadi. Ma‘lumki, lisoniy hodisalar bevosita kuzatishda berilmaganlik (moddiylikdan xolilik), miqdoran cheklilik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik va majburiylik belgilariga ega bo’lib, bevosita kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik, betakrorlik, individuallik, ixtiyoriylik sifatlariga ega bo’lgan nutqiy hodisalarga qarama-qarshi turadi. Nutqiy sintaktik birliklar sifatida nutqda qo’llaniladigan, sezgi a‘zolariga ta‘sir qiladigan o’qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo’lgan so’z birikmalari va gaplar tushuniladi. Lisoniy sintaktik birliklar esa so’z birikmasi va gap hosil qilish qoliplaridir. Biz ularni lisoniy sathga tegishli bo’lganligi uchun lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) lar deb ataymiz. LSQ nima? G’isht quyuvchi usta g’isht quyishda qolipdan foydalanadi. Loyni qolipning kataklariga joylashtirib, u qolip shaklini olgach, qolipdan chiqarib to’kadi. Qolip asosida qancha g’isht quyilsa ham, g’ishtlarning barchasi bir xil shaklga ega bo’ladi. Bu bir xillik g’ishtlarning o’ziga bog’liq bo’lmay, qolipning xususiyatlari bilan aloqadordir. LSQlar ham g’isht qoliplariga o’xshaydi. Inson ongida ham so’zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so’z birikmalari shakliga keltirish, gap hosil qilish qoliplari mavjud. Ular LSQlar, modellar, konstruktsiyalar, qurilmalar tarzida nomlansa-da, aslida, bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o’qimoq kabi cheksiz birikmalarni chiqaradigan [ot + fe‘l] so’z birikmasi qolipi, qanday nomlanmasin, bu uning mohiyatiga ta‘sir qilmaydi. Qolip va nutqiy hosila (so’z birikmasi va gap) lar dialektik birlikdadir. Qolip nutqiy hosilasiz o’lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo’lishi mumkin emas. Quyida LSQ va nutqiy so’z birikmasi hamda gaplarning bir-biriga o’xshamaydigan, farqli xususiyatlarini bayon etamiz. 1.LSQning moddiylikdan xoliligi va nutqiy hosilaning moddiylikka egaligi. LSQlar jamiyat a‘zolari ongida mavjud bo’lib, kishilarning erkin birikmalar hosil qilish ko’nikmasi sifatida uzoq vaqtlar davomida shakllanadi. Bu ko’nikmalar bo’lmasa, inson birikmalar hosil qila olmaydi. Bunga quyidagi dalil asosida amin bo’lishimiz mumkin. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o’rganmoqchi bo’lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko’nikmasi - LSQ shakllanmagan bo’lsa, o’zbekcha kitob va o’qimoq so’zlarining ingliz tilidagi a book va to read muqobillarini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o’zbek tiliga xos [ot + fe‘l] qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o’qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ [to V+ the N] ko’rinishida bo’lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosilalar paydo bo’ladi. Ma‘lum bo’ladiki, LSQlar jamiyat a‘zolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga ega emas. Uni sezgi a‘zolari asosida bilib bo’lmaydi. Qoliplardan chiqqan nutqiy hosilalarni esa aytish, eshitish, yozish va o’qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligidir. Download 61.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling