Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida
Download 61.61 Kb.
|
Lisoniy sintaktik qolip
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari
Erkin birikma va uning turlari.
So’z birikmasi o’z tarkibidagi hokim a‘zoning qaysi so’z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladi. Ismli birikmada hokim a‘zo ot, sifat, son, olmosh turkumlaridan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o’quvchilarning hammasi (olmosh). Fe‘lli birikmada hokim a‘zo fe‘ldan bo’ladi: vazifani bajarmoq, tez o’qish, uyalgani uyalgan. So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari. Biz yuqorida ko’rib o’tgan so’z birikmalari ikki so’zli birikmalardir. So’z birikmalari uch va undan ortiq so’zli bo’lishi ham mumkin: bepoyon yashil maydon, o’nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko’ra so’z birikmasi ikki turga bo’linadi: sodda birikma va murakkab birikma. Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so’zdan tuzilgan bo’ladi: oq qog’oz, ko’m-ko’k osmon kabi. Besh qavatli bino, o’n yashar bola, o’rta bo’yli yigit tipidagi qo’shilishlar ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o’n yashar, o’rta bo’yli unsurlari ajralmas birikmalar bo’lib, bir butun holda tobe uzv sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, SBning a‘zolari ibora yoki boshqa turg’un birikma bilan ifodalanganda ham birikma sodda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi uchib ketgan+bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh+ertagi), Qush qo’nmas o’simligi (qush qo’nmas+o’simligi) Murakkab birikma sodda birikma a‘zolarining kengayishidan tuziladi. Qiyoslang: uch o’rdak osmondagi uch o’rdak ilg’or terimchilar xo’jalikdagi ilg’or terimchilar a‘lochi o’quvchilar hammadan a‘lochi o’quvchilar Osmondagi uch o’rdak ((osmondagi+(uch+o’rdak)), xo’jalikdagi ilg’or terimchilar ((xo’jalikdagi +(ilg’or+terimchilar)) SBlarida hokim so’z kengayishi natijasida, hammadan a‘lochi o’quvchilar ((hammadan +a‘lochi) +o’quvchilar)) birikmasida esa tobe a‘zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo’lgan. Ba‘zan har ikkala a‘zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a‘lochi peshqadam talabalar: ((hammadan+ ‘lochi) +(peshqadam +talabalar)) Murakkab birikmalarda oldin turgan so’zlar oxirgisiga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanib birikma hosil qilmaydi, ya‘ni katta semiz qora qo’y birikmasidagi a‘zolar ushbu birikmaning o’zida katta qo’y, semiz qo’y, qora qo’y kabi birikuvlarni bermaydi. Chunki bunda tobe so’zlar hokim so’z ifodalagan narsaning turli belgilarini ko’rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligini ko’rsatadi. Uyushmagan tobe uzvlar esa o’ziga xos ohang bilan aytiladi. Qiyoslang: A‘lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so’zlar) Katta semiz qora qo’y (uyushmagan tobe so’zlar) Download 61.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling