Lisoniy ziddiyat va uning turlari
Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”
Download 80 Kb.
|
15LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”
Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmaning yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishidir. Ziddiyat paradigmatik ва iyerarxik munosabatning xossasi sifatida sintagmatik munosabatga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sintagmatik munosabatda ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik qiladi. Biroq uyg‘unlik farq va tafovutlar asosida kelib chiqadi. Ma’lum bir lisoniy birlik mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning lisoniy mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir. Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyat ma’lum bir belgi asosida mavjud bo‘ladi. Zidiyatga kirishuvchi lisoniy birliklar ziddiyat a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi deyiladi. Masalan, [o] va [a] unlilari o‘zaro “lablanganlik/lablanmaganlik” belgisi asosida qarama-qarshi turadi. Bunday qarama-qarshilik ziddiyat, qarshilanayotgan fonemalar ziddiyat a’zolari, “lablanganlik/lablanmaganlik” esa ziddiyat belgisidir.
2. Lisoniy ziddiyat turlari.Lisoniy sathda ziddiyatning turli ko‘rinishi mavjud. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz. Ziddiyat a’zolari orasidagi qarama-qarshilikning xususiyatidan kelib chiqqan holda ziddiyatning: noto‘liq (privativ) ziddiyat; teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat; e)muntazam (proporsional) ziddiyat d) darajali (gradual) ziddiyat kabi turlari farqlanadi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling