Liston davlat universiteti
Movarounnahr mufassirlari
Download 1 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi
Movarounnahr mufassirlari
Az-Zamaxshariy «Al-Kashshof» Az-Zamaxshariyning to‘liq nomi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Umar al-Xorazmiy al-imom al-hanafiy al-mo‘‘taziliy (1075-1144) bo‘lib, laqabi «Jorulloh», Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Bag‘dodga kelib, ustozlar huzurida ta’lim olgan. Xurosonga bir necha marta borgan. Qaerga bormasin, atrofiga odamlar yig‘ilib, unga shogird bo‘lishgan. Kim bilan munozara qilmasin, u taslim bo‘lib, Zamaxshariyning ilmini e’tirof etgan. SHunday qilib, uning ovozasi butun olamga yoyildi va zamonasining yagona allomasiga aylandi. Az-Zamaxshariyning turli ilm sohalarida o‘ta hassoslik bilan ta’lif etgan asarlari bor. Ularning birinchisi «Al-Kashshof» tafsiridir. Allomaning nahv haqida «Al-Muhojot», «Al-Mufassal», arab tilida «Al-mufrad val-murakkab», hadis tafsirida «Al-Foiq», lug‘atda «Asosul-balog‘a», fiqxda esa «Ruusul-masoil» nomli kitoblari mavjud. «Vafayotul a’yon» kitobining muallifi shunday yozadi: «Az-Zamaxshariyning e’tiqodi mo‘‘taziliydir. U o‘zining e’tiqodini yashirmasdan, aksincha faxrlanib yurgan. Aytishlaricha, u biror kishining huzuriga borsa, eshik qorovuliga: «Abul Qosim mo‘‘taziliy kelib, eshik oldida kirishga izn so‘rayapti, deb aytgin»,-deb buyurar ekan. U «Al-Kashshof»ni yozish asnosida hamdu sano xutbasini: «Qur’onni yaratgan Allohga hamd bo‘lsin!»-deb boshlagan ekan. Odamlar undan butunlay yuz o‘girishgan, ziyoratiga kelmay qo‘yishgan. Keyin u «xolaqo»(yaratdi) so‘zini «ja’ala»(qildi) so‘ziga almashtirgan. Holbuki, mo‘‘taziliylarning nazdida bu so‘z ham «yaratdi» ma’nosidadir. Ammo «Al-Kashshof»ning barcha nusxalarida tafsir: «Qur’oni karimni nozil qilgan Allohga hamd bo‘lsin!»-deb, «anzala»(nozil qildi) so‘zi ishlatilgan. «Al-Kashshof»dagi bu isloh musannifning emas, balki muharrirning islohidir. Al-Feruzobodiyning guvohlik berishicha, Az-Zamaxshariy o‘zining mo‘‘taziliy e’tiqodida shunchaki bo‘lgan emas, balki u shu e’tiqodda bo‘lganidan faxrlanib yurgan. SHuning uchun uning o‘zi «xolaqo» yoki «ja’ala» fe’lini «anzala»ga o‘zgartirishi mumkin emas. Ehtimolki, uning shogirdlaridan biri ustozining obro‘sini saqlash maqsadida o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Al-Feruzobodiy «As-Salom» shahriga ziyorat uchun borganda, u erda Az-Zamaxshariyning o‘z qo‘li bilan yozgan, isloh qilinmagan tafsir nusxasini ko‘rganligini aytadi. (Kashfuz-zunun, 2j. 176-6.) Az-Zamaxshariy Makkadan qaytib kelganidan so‘ng, besh yuz o‘ttiz sakkizinchi hijriyda Xorazmning Jurjoniyya qishlog‘ida vafot etadi. Az-Zamaxshariy o‘zining «Al-Kashshof» nomli tafsirini yozishdan avval biroz ikkilanadi. Bu haqda muallif tafsirning muqaddimasida yozgan. Tafsirning yozilish sabablari haqidagi ma’lumotni uning muqaddimasidan olishni tolibga tavsiya qilgan holda, asosiy maqsadga o‘tamiz. «Al-Kashshof» garchi e’tizoliy aqidaga muvofiq yozilgan bo‘lsa ham, bundan qat’iy nazar juda yuqori qimmatga ega bo‘lgan tafsirdir. Qur’oni karimning mo‘‘jizlik siri, nazmining go‘zalligi va balog‘atdagi yuksak darajasi muallif tomonidan ochib berilgan. Buning sababi Az-Zamaxshariyning juda ko‘p ilm sohalarini, xususan arab lug‘atining jozibakorligi, ash’orlar, balog‘at, bayon, e’rob, adab ilmlarini mukammal bilganligidir. Az-Zamaxshariy oyatlardagi jozibani darhol ilg‘ab olardi. O‘zining bunday fazilat egasi ekanligiga «Al-Kashshof»ning muqaddimasida ishora etadi: «Ilmlarning eng nozigi, har qanday aqlni hayron qiladigani tafsir ilmi bo‘lib, unga har qanday olim jur’at qilavermaydi. Al-Johiz «Nazmul Qur’on» kitobida yozganidek, Faqih agar hukm va fatvoda barcha tengdoshlaridan g‘olib bo‘lsa ham, mutakallim garchi kalom san’atida axdi dunyolarni lol etsa ham, tarixchi va hofiz Qirriyyaning o‘g‘lidan zehni o‘tkirroq, vo’iz agar Al-Hasan al-Basriydan gapdonroq, An-nashviy agar Siybavayxdan bilimdonroq bo‘lsa ham, lug‘at olimi lug‘atlarni saqichdek chaynab tashlasa ham, ammo ular Qur’on yo‘li oldida ojiz, haqiqatini idrok etishdan gungdir. Ammo Qur’onga xos bo‘lgan ikki ilm: ma’oniy va bayonda o‘tkir ilm sohibi bo‘lgan odam bu ishni uddasidan chiqishi mumkin». (Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof, 1j. 12-15-6) Haqiqatan ham Az-Zamaxshariy mufassirga zarur bo‘lgan barcha vasilalarni jamlab, o‘zining ulug‘ tafsirini yozib tugatib, odamlar e’tiboriga havola qildi. Az-Zamaxshariy o‘zining bu tafsiri barcha fazilatlarni jamlagan asar bo‘lganini, barcha olimlar huzurida husni qabulga munosib ko‘rilganini bilgach, Allohning bunday ne’mati va inoyatiga shukrona keltirib ushbu g‘azalni yozdi: Dunyoda tafsirlar sonu sanoqsiz, Ular orasida Kashshof safodir. Agar sen hidoyat qidirsang, o‘qi! Jahl bir kasallik, Kashshof shifodir. Agar Az-Zamaxshariy o‘zining tafsiri bilan faxrlanib, ujub darajasiga etsa ham, biz uni ma’zur tutsak arziydi, chunki uning tafsiri boshqa tafsirlar orasida yagona, ustozlar va shogirdlar orasida ham mo‘‘tabardir. Hatto uning xusumatchilari ham tafsirning kamchiligiga to‘xtalishdan avval uning fazilatini, ta’lif etgan allomanipg san’atini e’tirof etadilar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling