Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar. Talabalar islom dinini o’rganishda ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilish kabi tushunchalardan xabardor bo’lishlari kerak. Shuningdek islom dinining his tuyg’ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi, shariat qonunlari haqida tasavvurga ega bo’lishlari lozim.
Islom dinida oila va bola tarbiyasi, islomda muomala madaniyati, insonparvarlik, kamtarlik, vatanparvarlik tuyg’ularining qanday aks etganligini bilishlari lozim. Islom dinini o’rganish jarayonida diniy manbalar, muqaddas kitoblar asosida bilimlarni chuqurlashtirgan bo’lishlari kerak.
Mazkur o’quv qo’llanmada islom dinining vujudga kelishi, uning manbalari va asoslari, tarixiy rivojlanishi, islom taraqqiyotida Muhammad (as) ning o’rni va ahamiyati, islom dinining ma’naviy taraqqiyotdagi o’rni va rolini, shuningdek, islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi va o’lka xalqlari tarixida tutgan o’rni yoritilgan. Bulardan tashqari o’quv qo’llanmani o’rganish davomida talabalar islomdagi yo’nalish va oqimlar, shariat, fiqh va uning usullari, Markaziy Osiyolik buyuk ajdodlarimizning islom taraqqiyotiga qo’shgan hissasi va islomiy axloq haqida, mustaqillik yillarida islom diniga berilgan e’tibor haqida atroflicha ma’lumot oladilar.
Islom dini asoslari va ma’naviyati kursi dinshunoslik, falsafa, ma’naviyat asoslari, antropologiya, O’zbekiston tarixi, etika va boshqa fanlar bilan bo’liq holda o’rganiladi.
1-mavzu: Islom dinining jahondagi o’rni
Reja:
1. Islom diniga dunyo xalqlarining e'tiqodi.
2. Jahon dinlari va Islom dini.
1. Islom dini xristianlik va buddaviylik dini bilan bir qatorda dunyoda eng ko’p tarqalgan dinlardan biridir. Hozirgi kunda jahon aholisining har beshtasidan bittasi Islomga e’tiqod qiladi. Oxirgi 50 yillikda Yer yuzining musulmon aholisi soni 23,5% ga o‘sdi va hozirgi kunda 1.6 milliardni tashkil etmoqda. Islom e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan hatto, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniyada ham ikkinchi dinga aylandi. Rossiyada esa 16 million musulmon istiqomat qiladi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |