Liston davlat universiteti
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar
Download 1 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 – mavzu. Islom dinidagi yo’nalishlar, mazhablar va oqimlar Reja
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar
«Fiqh» istilohining shakllanishini tushuntirib bering? Fiqh ilmi nimalar bilan shug’ullanadi? Usul al-fiqhning ob’ekti nima? Ilk fiqh maktablari qachon vujudga keldi? Ijtihod qilish huquqi kimlarga beriladi? Qanday fiqhiy mazhablar mavjud? Movarounnahr fiqh maktabining asosiy namoyandalari kimlar? Adabiyotlar Jo’zjoniy A.SH. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O’rta Osiyo faqihlari. T.: Toshkent islom universiteti, 2002. Mo’minov A. Movarounnahr ulamolari: hanafiylar // Sharqshunoslik, № 9, 1999, B. 40-44. Mo’minov A. Imom-i A’zam Abu Hanifa // Muloqot, № 7-8, 1994, B. 37-40. Qodirov Z. Imom A’zam hayot yo’li va fiqh usullari. T.: Movarounnahr 1999. 6 – mavzu. Islom dinidagi yo’nalishlar, mazhablar va oqimlar Reja: Islom dinida e’tirof etilgan yo’nalish va mazhablar. Shialik va uning mazhablari. Xorijiylar. E’tirof etilmagan mazhablar hamda zamonaviy diniy siyosiy partiya va oqimlar. Islom hayot falsafasi ekani, u jamiyaqt a’zolarini eng yuksak bashariy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanob axloqni targ’ib etishni yaxshi anglab, yetmoq bu muqaddas dinimiz tarixidan xabardor bo’lib, vatandosh ulamolarimizning islom taraqqiyotiga qo’shgan buyuk xissasini bilmoq – har birimiz uchun ham farz, ham qarz. Mazhab (arabcha – yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot). Mazhablar keng tarqalgan barcha dinlarga xos bo’lib, u dinlarda asrlar davomida yuz bergan ixtiloflar bo’linishlardan yuzaga kelgan. Dinlarda vujudga kelgan yirik ajralishlar fanda oqim deb nomlanadi. Islomdagi diniy mazhablar diniy e’tiqod va marosimchilik masalalarida shariat mazhablaridan va diniy ilohiyot oqimlaridan keskin farq qiladi. Islomda ilk davrda paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo – oily hokimiyatni egallashga pauyg’ambarlardan keyin kim haqliroq degan masala bo’ldi. Ali tarafdorlari “Shia” nomini olib, Islomda birinchi bo’linishni boshlab berdi. Ikki taraf sunniylik va shialik o’rtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yo’nalish ham paydo bo’ldi. Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna va – l - jamoa” deb ataladi va to’rtta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy Shofi’iy Molikiy Hanbaliy. Sunniylikda ikkita aqidaviy ta’limotga amal qilinadi: Moturidiya, Ash’ariya Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1 mlrd. 300 mln musulmonning 92.5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo’yicha quyidagi nisbatda bo’linganlar: Hanafiylar – 47% Shofi’iylar – 27% Molikiylar – 17% Hanbaliylar – 1.5% Shia yo’nalishi ismoiliy, ibodiy, ja’fariy, zaydiy mazhablarini o’z ichiga olib dunyoda musulmonlarning 7.5 foizini tashkil qiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling