Liston davlat universiteti


Download 1 Mb.
bet44/48
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1499276
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi

Yassaviya tariqati. Shayx Ahmad Yassaviy (v. 1166-67 y.) va uning shogirdlari nomi bilan bog’liqdir. Ahmad Yassaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga shoir ham edi. Yassaviy g’oyalari bir necha marotaba turli tahrirda nashr etilgan «Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo, tadqiqotchilar orasida uning Yassaviyga taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-ne’matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq orasida keng tarqalgan.
By tariqat asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog’istonning janubidagi Chimkent viloyati, Sayram qishlog’ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u Yasida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. Rivoyatlarga ko’ra, bu yerda u Arslon-bob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she’rlari bilan atrofdagi odamlarni xaq yo’lga chaqiradi, ularning ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi She’r-hikmatlari «Devoni xikmat» nomi ostida kitob holiga keltirilgan. Ahmad Yassaviy hayotligidayoq uzoq o’lkalarga muridlarini jo’natib, o’z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. Yassaviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari qismini chillaxonada o’tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko’plab manoqiblar saqlanib qolgan.
Yassaviy tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog’ida darvishning tomog’idan arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun Yassaviya zikriga «zikri arra», «zikri minshoriy» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo’lini tizzasi ustiga qo’yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel, yelka qimirlamagan holda «Hayy» deydi va zikr shu tarzda davom etadi. Zikrning 12 zarb turi ma’lumdir. Yassaviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu tariqatda muhim o’rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni tanish (ma’rifatulloh), mutlaq jo’mardlik, rostgo’ylik, o’zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur.
Yassaviya tariqati, asosan, sunniy e’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson malomatiya maktabidan biroz ta’sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega. Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab tariqatlarda aks etgan. Hatto Naqshbandiyani Yassaviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. Ahmad Yassaviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniy (v. 1186 y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma’lum.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling