Litosfera plitalari tektonikasi


yili spreding gipotezasi okean tubida yo‘l-yo‘lli magnit anomaliyalarining kashf etilishi tufayli baquvvat tayanchga ega bo‘ldi


Download 179 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2023
Hajmi179 Kb.
#1335830
1   2   3
Bog'liq
litosfera

1963 yili spreding gipotezasi okean tubida yo‘l-yo‘lli magnit anomaliyalarining kashf etilishi tufayli baquvvat tayanchga ega bo‘ldi. Ular okean tubidagi bazaltlarda magnitlanishni qayd etuvchi Er magnit maydoni inversiyasi yozuvi sifatida talqin qilindi. SHundan so‘ng litosfera plitalari tektonikasi Er haqidagi bilimlar sohasida o‘zining salb yurishini boshlaydi. Bu g‘oyaning tarafdorlari keskin oshib bordi.
Hozirgi vaqtda litosfera plitalari tektonikasi nazariyasi litosfera plitalari harakat tezligini bevosita o‘lchovchi aniq asboblar va sun’iy yo‘ldoshlarning navigatsiya tizimlari (GPS) yordamida tasdiqlandi. SHunday qilib, olib borilgan ko‘p yillik tadqiqot natijalari litosfera plitalari tektonikasi nazariyasining asosiy holatlarini tasdiqladi.
Litosfera plitalari tektonikasi nazariyasining hozirgi mazmuni
O‘tgan o‘n yilliklarda litosfera plitalari tektonikasi nazariyasi o‘zining asosiy mazmunini ancha o‘zgartirdi. Hozir ularni shunday ta’riflash mumkin:
- Erning ustki qattiq qismi mo‘rt litosferaga va plastik astenosferaga bo‘linadi. Astenosferadagi konveksiya - litosfera plitalari harakatining bosh sababchisi.
- Litosfera 8 ta yirik, o‘nlab o‘rtacha o‘lchamdagi va ko‘plab mayda plitalarga bo‘linadi. Mayda litosfera plitalari yiriklarining orasidagi qambarlarda joylashgan. Seysmik, tektonik va magmatik faollik litosfera plitalari orasidagi chegaralarda kuzatiladi.
- Litosfera plitalari birinchi qarashda qattiq jism kabi ko‘rinadi, ammo ularning harakati Eylerning aylanish teoremasiga bo‘ysinadi.
- Litosfera plitalarining nisbatan surilishi uch turda amalga oshadi:
a) rifting va spreding orqali ifodalangan ajralish (diver­gensiya);
b) subduksiya va kolliziya orqali ifodalangan tutashish (kon­vergensiya);
v) transformali er yoriqlari bo‘ylab siljish.
- Okeanlardagi spreding ularning chekkalaridagi subduksiya va kolliziya bilan kompensatsiyalanadi, bunda Erning radiusi va hajmi o‘zgarmasdan qoladi. Er o‘lchamlarining doimiyligi davriy ravishda rad etilib kelingan, ammo erning sezilarli o‘zgarishini tasdiqlovchi dalillar etishmaydi.
- Litosfera plitalarining surilishi astenosferadagi konvektiv oqimlar yordamida amalga oshadi.
Er po‘stining batamom o‘xshash bo‘lmagan ikki turi - kontinental po‘stloq (ancha qari) va okean po‘stloq (200 million yildan ortiq emas) mavjud. Ba’zi litosfera plitalari faqat okean turidagi po‘stdan (masalan - ulkan Tinchokean litosfera plitasi), boshqalari esa okean po‘stiga payvandlanib qolgan kontinental po‘stning bloklaridan iborat.
Er yuzasining 90% dan ortiqirog‘ini 8 ta ulkan litosfera plitalari tashkil etadi:
Avstraliya plitasi

  • Antarktida plitasi

  • Afrika plitasi

  • Evrosiyo plitasi

  • Hindixitoy plitasi

  • Tinchokean plitasi

  • SHimoliy Amerika plitasi

  • Janubiy Amerika plitasi

O‘rtacha o‘lchamdagi litosfera plitalariga misol qilib Arabiston yarimoroli, Arabiston subkontinenti, Kokos va Xuan de Fuka, Karib, Filippin, Naska kabi litosfera plitalarini ko‘rsatish mumkin.


Litosfera plitalarini siljituvchi kuchlar. Hozir litosfera plitalarining gorizontal harakatlari mantiyaning issiqlik-gravitatsion oqimlari - konveksiya tufayli sodir bo‘lishiga shubha yo‘q. Bu oqimlar energiyasining manbai bo‘lib, Erning markaziy qismlari va yuzasidagi haroratlar farqi hisoblanadi. Er yadrosidagi harorat juda yuqori, taxminan 5000 S deb baholanadi.
Konvektiv oqimlar yopiq zanjir shakliga ega bo‘ladi. Uni oddiy tajribada tekshirib ko‘rish mumkin. Bunga o‘quvchi kastryulkadagi suvni gaz gorelkasida qizdirish yo‘li bilan ishonch hosil qilishi mumkin. Idish tubidagi haroratning oshishi bilan suv qalinligida harorat gradienti va yuqoriga harakatlanuvchi issiqliq oqimi yuzaga keladi. Qizigan suv balandga ko‘tarila boshlaydi, yuzasi bo‘ylab yoyiladi va, sovushi tufayli, idishning devori bo‘ylab pastga tushadi. Bu holda suyuqlikning barcha qatlamlari konveksiyaga jalb etiladi. Hosil bo‘lgan konveksiya tartibli va bir yarusli bo‘ladi. Agar bir qancha gorelkadan foydalanilsa konveksiya tartibsiz holga keladi. Ammo har ikki holda ham suvning butun qatlami konveksiyaga jalb qilingan, konveksiyaning o‘zi esa bir yarusli bo‘ladi. Boshqa tajribada o‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarning ikki qatlamli (suv, moy) modelidan foydalanamiz. Uni qizdirish jarayonida konveksiyaning ikki sathi vujudga keladi va ularning har birida mustaqil zanjirlar hosil bo‘ladi. Bu holda konveksiya ikki sathli yoki ikki yarusli hisoblanadi.
Er mantiyasida ham, suyuqliklar bilan o‘tkazilgan tajribadagi singari, konvektiv oqimlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon juda murakkab bo‘lib, ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Energiya generatsiyasining turli sathlarda va turli jadallikda kechishi, jinslarning yuqori qovushoqligi, mantiya va po‘stloqning qatlamlarga ajralganligi va lateral bir jinsli emasligi shular jumlasidandir. Ular tog‘ jinslarining turli petrokimyoviy tarkibi, zichligi va qizdirilganligi bilan bog‘liq.
Qovushoq mantiya moddasining harakatga keltiruvchi kuchi konvektiv oqimning pastki va ustki qismlarida zichlikning o‘zgachaligidan kelib chiqadi.
Zichlik mantiya oqimining ko‘tarilgan qismida past bo‘lib, oqimning cho‘kadigan joyi tomon yaqinlashgan sari ortib boradi. Er po‘stining cho‘kayotgan oqim ustidagi og‘irlik kuchi shunday yuqoriki, vaqti-vaqti bilan po‘stning mustahkamligidan oshib ketadi (eng past mustahkamlik va eng yuqori kuchlanish joylari), ya’ni po‘stning noelastik (plastik, mo‘rt) deformatsiyasi - zilzila vujudga keladi. Bunda po‘stning deformatsiyalanuvchi joylaridan butun bir tog‘ tizmalari, masalan, Himolay siqib chiqariladi. Plastik (mo‘rt) deformatsiya juda tez (zilzila vaqtida po‘stning surilish tezligida) susayadi, zilzila o‘chog‘i markazida va uning atrofida kuchlanish kamayadi.
SHunday qilib, litosfera plitalarining harakati – Erning markaziy qismidan juda qovushoq magma bilan issiqlik olib kelinishi oqibati hisoblanadi. Bunda issiqlik energiyasining bir qismi ishqalish kuchini engib o‘tish uchun mexanik ishga aylanadi, bir qismi esa, er po‘stidan o‘tayotganda, atrofdagi bo‘shliqqa tarqab ketadi. Demak, bizning sayyora ma’lum ma’noda issiqliq dvigateli ham sanaladi.
Er qa’ridagi harorat to‘g‘risida bir necha gipotezalar mavjud. XX asrning boshlarida bu issiqlik energiyasining radiofaol tabiati to‘g‘risidagi gipoteza ommaviy bo‘lgan. Birinchi ko‘rinishda u er po‘stida uran, kaliy va boshqa radioaktiv elementlarning ancha yuqori konsentratsiyasi bilan tasdiqlangan, ammo keyinchalik er po‘sti jinslaridagi radioaktiv elementlarning miqdori kuzatiladigan issiqliq oqimini ta’minlash uchun mutlaqo etarli emasligi aniqlandi. Po‘stosti moddasidagi (tarkibi bo‘yicha okean tubi bazaltlariga yaqin) radioaktiv elementlarning miqdori juda ham kam. Ammo bu sayyoraning markaziy qismida issiqlik ajratib chiqaruvchi og‘ir elementlarning ancha yuqori miqdorini istisno qilmaydi.
Ikkinchi model - qizishni Erning kimyoviy differensiatsiyasi orqali tushuntiradi. Dastlab sayyora silikatli va metalli moddalarning aralashmasidan tarkib topgan. Ammo sayyoraning hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda uning muayyan qobiqlarga diffe­rensiatsiyalanishi boshlangan. Ancha zich metalli qismi sayyoraning markaziga qarab harakatlangan, silikatlar esa ustki qobiqlarda to‘plangan. Bunda tizimning potensial energiyasi kamayib borgan va issiqliq energiyasiga aylangan. Boshqa tadqiqotchilar esa sayyoraning qizishi meteoritlarning zarbasi ta’siridagi akkretsiya tufayli sodir bo‘lgan deb taxmin qilishgan.
Ikkinchi darajali kuchlar. Issiqlik konveksiyasi tufayli hosil bo‘luvchi qovushoq ishqalanish kuchi litosfera plitalarining harakatida belgilovchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo undan tashqari litosfera plitalariga boshqa, uncha katta bo‘lmagan, biroq muhim kuchlar ham ta’sir qiladi. Bu og‘irroq mantiya yuzasida engilroq po‘stning suzishini ta’minlovchi Arximed kuchidir. Oy va Quyoshning gravitatsion ta’siri tufayli vujudga keluvchi priliv oqimlari ham shunday ahamiyatga ega. SHu jumladan er yuzasining turli joylarida atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli paydo bo‘ladigan kuchlar ham mavjud. Atmosfera bosimining 3% ga o‘zgarishi 0.3 m qalinlikdagi yaxlit suv qatlamining bosimiga teng. Bunday o‘zgarishlar kengligi yuzlab kilometrlarga boruvchi zonalarda kechishi mumkin.
Okeanlar quruqlikka tutashishida uch tip mavjud: bular — ekvatorial, shimoliy atlantika va shimoliy tinch okean tiplaridir.
Okeanlar ekvatorial kontinentlar bo’lmish Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Janubiy Osiyoga (Janubi-Sharqiy Osiyo bunga kirmaydi) uncha chuqur kirib borgan emas va bir nechtagina juda keng qo’ltiqlar hosil qiladi, bular — Avstraliya, Gvineya, Bengal qo’ltiqlari va Arabiston dengizi.
Okean tagining tuzilishi va rivojlanish tarixi to’g’risidagi ma’lumotlar hali juda kam. Bu hol okeanlar yoshi to’g’risida bir-biriga qarama-qarshi ikki xil gipotezaning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Ba’zi geolog va geofiziklar okeanik yer po’sti birlamchi bo’lib, u juda qadimiy, ya’ni arxeyda vujudga kelgan, deb hisoblaydilar. Bu gipotezaga ko’ra, materik yer po’sti okean yer po’stidan vujudga kelgan va bunda o’z rivojlanishining bir qancha bosqichini o’tib, tobora qalinlasha borgan. Tinch okean qirg’oqlarining tuzilishi bu gipotezaning to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi, biroq boshqa okeanlar tagi va qirg’oqlarining morfologiyasi buni tasdiqlamaydi.
Atlantika va Shimoliy Muz okeanining qirg’oqlari kaledon va gersin burmalanishida paydo bo’lgan tog’ sistemalarini shunday kesib qo’yganki, bu tog’ sistemalarining bir qismi Yevrosiyoda bo’lsa, ikkinchi qismi Amerikadadir. Shu sababli ikkinchi bir gipoteza ham mavjud. Bu gipotezaga ko’ra okean botiqlari geologik jihatdan yaqindagina yer po’stining yirik materik qismlarining cho’kishi yoki materiklar bir-biridan ajralib ketishi natijasida vujudga kelgan.
Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling