Litosfera (yunoncha «litos» tosh, qattiq, «sfera» qobiq) Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Qalinligi 200 km


Download 93.32 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi93.32 Kb.
#244180
Bog'liq
Litosfera


LITOSFERA

Litosfera (yunoncha «litos» – tosh, qattiq, «sfera» – qobiq) Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Qalinligi 200 km. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani1914 yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po‘sti tuzilishi va qalinligiga ko‘ra ikki tipga bo‘linadi. Yer po‘stining kontinental tipi materiklarda tarqalgan bo‘lib, tekisliklarda 35-40 km, yosh tog‘larda 55-70 km qalinlikka ega. Pomir va Hindikushda 60-70 km, Himolay tog‘larida 80 km ga boradi. Kontinental yoki materik po‘sti cho‘kindili, granitli va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.

Yer po‘stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi. Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Turon, Sibir va boshqa platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to‘g‘ri keladi. Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari: ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos. Tinch okean «olovli halqasi», O‘rta dengiz – Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.

Okean po‘sti 5-10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi 3,5-5 km bo‘lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak, okean po‘sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda granitli qatlam uchramaydi.

Litosfera okean tubida 50-60 km gacha, quruqliklarda 100-200 km gacha qalinlikka ega. Litosfera Yer po‘stining yirik yaxlit bo‘laklari – plitalaridir. Ular materik va okean tublarini O‘rta okean tizmalariga qadar egallaydi. Yettita yirik (6 ta materik va bitta Tinch okean) va oltita kichikroq litosfera plitalari ajratilgan. Litosfera plitalarining to‘qnashish qismlari juda faol bo‘lib, yosh tog‘lar, harakatdagi vulqonlar, zilzilalar bo‘lib turadi.

Litosfera plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi degan savolga olimlar javob topishdi. Aniqlanishicha, Yer po‘sti bilan mantiya oralig‘idagi astenosfera (yunoncha «astenos» – kuchsiz) qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalardan tuzilganligiga bog‘liq ekan. Deyarli barcha vulqon o‘choqlari ham astenosferaga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. O‘rta okean tizmalarida litosfera plitalari mantiyadan chiqayotgan moddalarning halqasimon harakati hisobiga bir-biridan uzoqlashadi. Natijada ular orasida yangi okean po‘sti hosil bo‘ladi va kengaya boradi. Tog‘larning paydo bo‘lishi, harakatdagi vulqonlar, zilzilalar litosfera plitalarining tutashish, ya'ni to‘qnashgan chegaralariga to‘g‘ri keladi.






Download 93.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling